Kredit karta

Xorijda ham foydalaning!

Kredit karta berish shartlari

Agrobank kredit kartasi – bank tomonidan qo‘yilgan limit doirasida istalgan maqsadlar uchun mablag‘ ishlatish huquqini beruvchi bank kartasi. Xorijda Visa to‘lov tizimida kredit kartalardan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.


Kredit kartani olishi mumkin bo‘lgan shaxslar: doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari


Kredit miqdori: 100 000 000 (yuz million) so‘mgacha


Kredit karta faqat oxirgi 6 oy ichida barqaror daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga beriladi.


Kredit muddati: 4 yil (48 oy).

Kredit ajratilgan sanadan boshlab dastlabki 24 oyi (2 yil) davomida mijoz tomonidan grafikka asosan qaytarilgan mablag‘dan qayta foydalanish (qayta limit belgilash) va qolgan 24 oy (2 yil) davomida limitni proporsional tartibda kamaytirib borish usuli bilan revolver shaklda ajratiladi.


Kredit foiz stavkasi: Mijoz tomonidan ishlatilgan mablag‘ uchun foiz hisoblanadi


  • 27% (Ish haqi loyihasidagi byudjet tashkilotlari xodimlari uchun)
  • 30% (Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun)


Kredit ta'minoti:


  • Uchinchi shaxs kafilligi;


Kreditning so‘ndirilishi: Kreditdan foydalanish davomida mijozning plastik kartasiga kelib tushadigan mablag‘lar kreditning asosiy qarzi va foizlarini so‘ndirishga yo‘naltiriladi. Grafikka nisbatan ortiqcha qaytarilgan mablag‘ limitga qayta qo‘shiladi.


Limit to‘xtatilishi: Mijoz tomonidan so‘ndirilishi lozim bo‘lgan oylik to‘lov (grafik+foiz) o‘z vaqtida to‘lanmaganda shu kunning o‘zida kredit karta bloklanadi va keyingi amaliyot to‘xtatiladi.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Pasport yoki ID karta;
  2. Garov taqdim qilinganda taʼminot hujjatlari (baholash va boshqalar).

Kreditni hisoblash

Kreditni hisoblash

Kredit kartani rasmiylashtirish

  1. Sayt orqali batafsil  ma'lumot oling
  2. O‘zingizga yaqin bank  filialini aniqlang
  3. Bank filialiga  murojaat qiling