Progress omonati
"Agrobank Mobile" orqali onlayn rasmiylashtiring!
- Omonat turi: muddatli
- Omonat valyutasi: Milliy valyuta (sо‘m)
- Omonat bо‘yicha yillik foiz stavkasi: Onlayn shaklda va bankka tashrif buyurgan holda 18% (yillik)
- Omonatning muddati: 13 oy
- Omonatga qо‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori: 500 000 sо‘m
- Omonat bо‘yicha foizlarni tо‘lash davriyligi: Har oyda bir marta tо‘lanadi
- Omonatni rasmiylashtirish usuli: Onlayn tartibda yoki bankka tashrif buyurgan holda rasmiylashtirish mumkin
- Qо‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati: Mavjud emas
- Qisman yechish imkoniyati: mavjud emas
Omonat shartnomada kelishilgan muddatidan oldin qaytarib olinganda, saqlangan muddatga mos ravishda foiz to‘lovlari quyidagi stavkalarda amalga oshiriladi:
- 1 kundan 1 oygacha “Talab qilib olinguncha” omonat turi bo‘yicha;
- 1 oydan 13 oygacha yillik 17 foiz miqdorida qayta hisob-kitob qilinadi
Omonatlarni kafolatlash tizimida bankning ishtiroki
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunidan:
Omonatlarni kafolatlash tizimi va uning ishtirokchilari
Omonatlarni kafolatlash tizimi kafolatlash hodisasi yuzaga kelganda Agentlik tomonidan omonatchilarga kompensatsiyalarni to‘lash orqali omonatchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
- Kafolatlash tizimida omonatlarni kafolatlash agentligi, banklar va kafolatlash obektlarining egalari ishtirok etadi.
- Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan bankning kafolatlash tizimida ishtirok etishi shart.
- Bank, shu jumladan mikromoliya banki va qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan oraliq bank litsenziya berilgan paytdan e’tiboran kafolatlash tizimining ishtirokchisiga aylanadi.
- Bankning kafolatlash tizimidagi ishtiroki litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olingan taqdirda tugatiladi. (Qonunning 14-moddasi);
Kafolatlash obektlari
- Jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi va chet el valyutasidagi omonatlari kafolatlash obektlari hisoblanadi.
- Kafolatlash obektini aniqlashda quyidagilar omonat deb hisoblanadi:
- bank omonati shartnomasiga yoki bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq bankka qo‘yilgan, shu jumladan shartnomaning tegishli shartlari bajarilguniga qadar alohida hisobvaraqlarda saqlanadigan (“eskrou” xizmati), shuningdek omonat (depozit) sertifikatlari bilan tasdiqlangan pul mablag‘larining qoldig‘i;
- bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha hisoblangan, biroq kafolatlash hodisasi yuzaga kelguniga qadar to‘lanmagan foizlarning qoldig‘i, agar ularni hisoblash mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek omonat (depozit) sertifikatida belgilangan foizlarning hisoblangan, biroq to‘lanmagan qoldig‘i. (Qonunning 25-moddasi);
Quyidagilar kafolatlash obekti bo‘lmaydi:
- banklarning, nobank kredit tashkilotlarining, lizing tashkilotlarining, sug‘urta tashkilotlarining, investitsiya va pay fondlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlat vakolatli organining tegishli litsenziyasiga yoki ruxsatiga asosan faoliyat yuritayotgan yoxud faoliyatini vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari;
- davlat tashkilotlari va korxonalarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning davlat organlari omonatlari;
- bankka aloqador shaxslarning omonatlari, bundan bankning boshqaruv a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlarining oxirgi uch oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari miqdoridan oshmaydigan omonatlari mustasno;
- chet elda ochilgan shu’ba banklardagi yoki bank filiallaridagi omonatlar;
- shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamg‘arilgan pul mablag‘lari;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyatdan olinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlangan pul mablag‘lari. (Qonunning 25-moddasi);
- Bankda bir omonatchiga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori quyidagini tashkil etadi
a) kafolatlash obekti qoldig‘ining to‘liq hajmini, agar uning miqdori ikki yuz million so‘m yoki undan kam bo‘lsa;
b) ikki yuz million so‘mni, agar kafolatlash obektining qoldig‘i ikki yuz million so‘mdan ko‘p bo‘lsa. (Qonunning 26-moddasi);
- Kompensatsiya to‘lash muddati bankni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran — 20 ish kuni mobaynida; 2026-yil 1-yanvardan boshlab —15 ish kuni mobaynida; 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 7 ish kuni mobaynida
- Progress muddatli omonati axborot varaqasi
- Omonatlarni kafolatlash tizimi to‘g‘risida AXBOROT
- Omonat shartnoma namunasi (Progress)
- Pulingiz xavfsizligi — Agar kartangiz yo'qolib qolsa,mobil ilova orqali tezda bloklashingiz mumkin
- Xavfsizlik kafolati — Barcha omonatlar bo'yicha bank tomonidan qo'llaniladigan huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnologik xavfsizlik choralarini kafolatlaydi
- Omonatlar himoyalangan — Omonatlar kafolatini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinadi.
Omonatni onlayn rasmiylashtiring!
- "Agrobank mobile" ilovasiga kiring
- "Omonatlar" bo‘limini tanlang
- Omonatni rasmiylashtiring