Omonatlar
- Niyat — Jamg‘armalaringiz ishonchli joyda! (Minimal miqdori: 100 000 so‘mdan boshlab; Muddati: 18 oy; Foiz stavkasi: 17%)
- Kafolat — To'ldirish imkoniyati mavjud omonat (Minimal miqdori: 100 000 so'm; Muddati: 13 oygacha; Foiz stavkasi: 18% gacha)
- Baraka — Qulay shartlar asosidagi omonat turi (Minimal miqdori: 100 000 so‘m; Muddati: 24 oy; Foiz stavkasi: 16%)
- Progress — "Agrobank Mobile" orqali onlayn rasmiylashtiring! (Minimal miqdori: 500 000 so‘m; Muddati: 13 oy; Foiz stavkasi: 18%)
- Orzuimdagi uy (Minimal miqdori: 100 000 so‘m; Muddati: 12 oy; Foiz stavkasi: 15% gacha)
- Baxtli bolalik — Farzandingiz kelajagi uchun! (Minimal miqdori: 100 000 SO‘M; Muddati: 36, 60, 120 oygacha; Foiz stavkasi: MB asosiy stavkasida)
- Premium — Muddatli (Minimal miqdori: $100; Muddati: 24 oygacha; Foiz stavkasi: 7% gacha)
- Stimul — Jamg‘arma (Minimal miqdori: $100; Muddati: 24 oy; Foiz stavkasi: 5.5% gacha)
Jamg‘armangiz Agrobank bilan xavfsiz
Pul bilan to‘g‘ri muomala qilish — moliyaviy barqarorlik kaliti. Eng oddiy va xavfsiz usullardan biri — bankda omonat ochishdir. Omonatlar O‘zbekistonda hali ham eng mashhur moliyaviy vositalardan biri hisoblanadi. Chunki bu nafaqat pullarni saqlash, balki barqaror daromad olish imkoniyatidir.
Agar siz O‘zbekistonda ishonchli va foydali omonat izlayotgan bo‘lsangiz, uzoq yillik tajribaga ega va obro‘si bilan tanilgan Agrobank takliflariga e’tibor bering
Nega aynan Agrobank?
Agrobank — davlat ishtirokidagi bank bo‘lib, u fuqarolarga nafaqat pullarini saqlash, balki ularni ko‘paytirishda ham yordam beradi.
Agrobank omonatlarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Ishonchlilik: Jismoniy shaxslarning barcha omonatlari Fuqarolarning “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinadi.
- Yuqori foiz stavkalari: Agrobank O‘zbekistondagi eng foydali omonat stavkalarini taklif etadi.
- Qulay rasmiylashtirish: Omonatni bank filialida yoki onlayn tarzda — mobil ilova orqali ochish mumkin.
- Shaffof shartlar: Yashirin to‘lovlarsiz, murakkab qoidalardan holi.
- Mos muddat va valyuta: Siz so‘m yoki AQSh dollarida taklif etilayotgan omonatlardan birini tanlashingiz mumkin.
Agrobankdagi omonatlar turlari
Bank mijozlarga maqsadlariga mos turli xil omonatlarni taklif etadi:
- Muddatli omonatlar — belgilangan muddatga qo‘yiladi va yuqori foiz olib keladi
- Yechish mumkin bo‘lgan omonatlar — mablag‘dan istalgan paytda erkin foydalanish imkonini beradi
- So‘mli omonatlar — milliy valyutada, foydali foizlar va to‘ldirish imkoniyati bilan
- Valyuta omonatlari — AQSh dollarida, valyuta kursi o‘zgarishidan himoya va barqaror daromad bilan
Agrobankda omonatni qanday ochish mumkin
Omonat ochish jarayoni juda oddiy va atigi bir necha daqiqa vaqt oladi:
- Omonat turini tanlang. Siz uchun muhim maqsad — jamg‘arishmi yoki daromad olishmi, aniqlang
- Muddat va miqdorni tanlang. Taklif etilgan omonatlardan o’zingizga eng to’g’ri keladigan muddat va miqdorni tanlang
- Omonatni rasmiylashtiring. “Agrobank Mobile” ilovasi orqali onlayn yoki yaqin filialga tashrif buyurib ochish mumkin
- Foizlarni oling. Foizlar har oy yoki muddat yakunida to‘lanadi — bu siz tanlagan omonat turiga bog‘liq
Omonat ochish uchun minimal summa omonat turiga va valyutaga qarab belgilanadi.
Nega omonat foydali?
Omonat — bu shunchaki saqlash emas, u siz uchun ishlaydigan moliyaviy vosita:
- pul saqlanadi va daromad keltiradi
- siz kafolatlangan natijaga ega bo‘lasiz
- hammasi nazorat ostida — ilovada mablag‘ harakatini kuzatish mumkin
- ayrim hollarda, muddatli omonatda ham mablag‘ni qisman yechish mumkin
Agrobank O‘zbekistondagi eng foydali omonat turlarini taklif etadi, shuning uchun har bir mijoz o‘ziga mos yechimni topa oladi.
Qanday omonat tanlash kerak?
Omonat tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
- Valyuta: So‘mda — agar daromadni milliy valyutada olishni xohlasangiz; dollarda — inflyatsiyadan himoyalanish uchun
- Muddat: Maxsulot shartlari va shartnoma asosida
- To‘ldirish shartlari: Ayrim omonatlar qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkonini beradi
- Foiz to‘lash tartibi: Har oy yoki muddat yakunida — o‘zingizga qulay variantni tanlang
Agar qaysi omonat siz uchun eng mosligini bilmasangiz — Agrobank mutaxassislari sizga optimal variantni tanlashda yordam beradi
Bugunoq omonat oching!
Agrobank bilan siz ishonchda bo‘lasiz: mablag‘laringiz xavfsiz, samarali ishlaydi va haqiqiy daromad keltiradi.
Omonatni onlayn tarzda oching — va moliyaviy barqarorlik sari yo‘lingizni bugunoq boshlang.