Jismoniy shaxslar tomonidan rasmiylashtiriladigan omonatlarda muhim o‘zgarishlar!

Eʼlonlar ·

2026-yil 18-noyabr sanasidan boshlab “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat bankida jismoniy shaxslar tomonidan onlayn hamda bank filiallari orqali rasmiylashtiriladigan “Sandiq” nomli jamg‘arma omonat turiga yangi omonatlar qabul qilish to‘xtatilishini ma’lum qilamiz. Ushbu o‘zgarish 2026-yil 18-noyabr sanasiga qadar tuzilgan omonat shartnomalari shartlariga ta’sir qilmaydi.


Shuningdek, 2026-yil 18-noyabr sanasidan boshlab bankda milliy valyutadagi yangi “Niyat” (18 oy muddatda, yillik 17%) va “Kafolat” (13 oy muddatda, yillik 18%) jamg‘arma omonatlari joriy etilishini ma’lum qilamiz. Omonatlarni bank filiallari hamda “Agrobank Mobile” mobil ilovasi orqali ochish mumkin.


Barcha omonat turlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

OMONATLAR BO‘YICHA BATAFSIL MA’LUMOT