597

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Korporativ boshqaruv kodeksi talablarini bank faoliyatiga tadbiq etilishi yuzasidan korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish bo‘yicha baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.
Korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining
2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan
“Korporativ boshqaruv kodeksi”da belgilangan tashkilotlar qatnashishi mumkin.
Mustaqil baholovchi tashkilotning tijorat takliflari yopiq muhrlangan konvertda quyidagi tanlov hujjatlari ro‘yxati bilan taqdim etilishi lozim:
•  Mustaqil baholovchi tashkilot to‘g‘risida qisqacha axborot;
•  Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya nusxalari;
•  Bank korporativ boshqaruv tizimini baholashda qatnashuvchi mutaxassislar haqida ma’lumot (rezyume), shuningdek ularning malakasini tasdiqlovchi sertifikatlar nusxalari;
•  Baholash o‘tkazish tartibi va muddati;
•  Mustaqil baholash xizmatlariga to‘lanadigan tijorat takliflari (xizmat xaqlari);
Mustaqil baholovchi tashkilotlarining tanlovda ishtirok etish uchun tijorat takliflari va hujjatlari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: “Agrobank” ATB Bosh ofisi, 100096, Toshkent shahri,
Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 43-uy.
Mustaqil baholovchi tashkilotlarning tanlov hujjatlarini topshirishlarining oxirgi muddati 2022 yil 29 aprel soat 17-00ga qadar.
Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan tijorat takliflari tanlovda ishtirok etmaydi. 
Ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlari va elektron manzillarga murojaat etishingiz mumkin: Tel: (71)202-80-08 (ichki raqam: 11159). Veb-sayt: www.agrobank.uz, elektron pochta manzili: cenbum@agrobank.uz
Bank tanlovning har qanday bosqichida tanlovni bekor qilish huquqiga ega.