123

AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

"Agrobank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini 2019 yil 6 avgust kuni soat 10:00 da bankning bosh ofisida e'lon qiladi.

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2019 yil 6 avgust kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.

Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko'chasi, 43.

E-mail: senbum@agrobank.uz.

 

KUN TARTIBI:

  1. Hisob komissiyasining soni va tarkibini tasdiqlash.
  2. Yig'ilish qoidalarini tasdiqlash.
  3. Bank Boshqaruvi a'zolarini qayta saylash.
  4. Bank Taftish komissiyasi a'zolarini qayta saylash.

Yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2019 yil 31 iyul holatiga ko'ra tuziladi.

Umumiy yig'ilishda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatni, aksiyadorlar vakillari esa qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ishonchnomani taqdim etishlari shart!

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig'ilishining kun tartibiga kiritilgan masalalar bo'yicha ma'lumotlar va hujjatlarni ushbu xabar e'lon qilingan kundan boshlab yig'ilish o'tkaziladigan sanagacha soat 10:00 dan 16:00 gacha Bankning Bosh ofisida topish mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: (78) 150-85-12.

"Agrobank" ATB Boshqaruvi