138

“Agrobank” ATB maʼlum qiladiki, 2022-yil 25-avgust kuni soat 15:00 da
“Agrobank” ATB Bosh ofisi binosida o‘z aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan 15:00 gacha davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy. E-mail: сenbum@agrobank.uz.

KUN TARTIBI:

  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

  3. Bank Taftish komissiyasi faoliyatini tugatish to‘g‘risida.

  4. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

  5. Bankning 2022-yil faoliyatini auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va sohadagi izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.

Yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2022-yil 19-avgust holatiga ko‘ra tuziladi.Umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan maʼlumot va xujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu eʼlon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10.00 dan 16.00 gacha tanishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun telefon: (78) 150-85-12.

 “Agrobank” ATB Kuzutuv kengashi