1052

“Agrobank” ATB bank Kuzatuv kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi
30/1-sonli majlis bayoniga asosan 2021 yil 30 dekabrda 2 522 410 870 (ikki milliard besh yuz yigirma ikki million to‘rt yuz o‘n ming sakkiz yuz yetmish) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2022 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan R0226-28-son bilan ro'yxatga olinganligini ma’lum qiladi.

Bir dona aksiyaning sotish narxi 1168 so‘m miqdorida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 2021 yil 30 dekabr holatiga ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ushbu qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni o‘zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka (Bosh ofis va bank filiallari orqali) taqdim etish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin.

Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2022 yilning 13 yanvaridan boshlab 2022 yil 24 yanvariga qadar qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.

Bankning pochta manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy.

Bankning elektron pochta manzili: cenbum@аgrobank.uz