Arzon ipoteka krediti

Kredit berish shartlari

Kredit maqsadi: Boshqa banklarda tijorat foizlarida ajratilgan ipoteka kreditlarini sotib olish (qayta rasmiylashtirish) uchun.


Bozor turi: Birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozori.


Mijoz: Doimiy rasmiy daromad manbasiga ega bo'lgan jismoniy shaxslar.


Moliyalashtirish manbasi: "Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ mablag'lari yoki bankning o'z mablag'lari.


Kredit miqdori: Avvalgi kredit asosiy qarzi miqdoridan oshmagan miqdorda:


  • Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag'lari hisobidan:
  • Toshkent shahri uchun: 1 000 mln so'mgacha;


  • Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar uchun: 550 mln so'mgacha.
  • Bankning o'z mablag'lari hisobidan: cheklanmagan.


Kredit foizi:

  • Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag'lari hisobidan: 21,5%;
  • Bankning o'z mablag'lari hisobidan: 23%.


Kredit muddati: Avvalgi kreditor tomonidan belgilangan kreditning qolgan muddatigacha. Mijoz arizasiga asosan kredit ajratilgan sanadan boshlab 20 yilgacha uzaytirish mumkin.


Boshlang'ich to'lov: Talab etilmaydi.


Imtiyozli davr: Imtiyozli davrsiz.


Kredit to'lov usuli: Dastlabki kreditor tomonidan taqdim etilgan to'lov usulida.


Garov ta'minoti: Qayta rasmiylashtirilayotgan uy-joy.

  • Sug'urta to'lovi: Amaldagi sug'urta polisi saqlanadi yoki yangi polis rasmiylashtiriladi. Dastlabki kredit bo'yicha ipoteka predmetini sug'urta xavflaridan qayta sug'urta qilish talab etilmaydi.

Talab etiladigan hujjatlar

Potensial qarz oluvchilar uchun muvofiqlik mezonlari

Qarz oluvchi: O'zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs).


Birgalikda qarz oluvchi: Doimiy daromadga ega bo'lgan 5 tagacha jismoniy shaxs.


Yoshi: 18 yoshga to'lgan va 60 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari.


Qarz oluvchi uchun qo'shimcha talablar:


  • rasmiy va doimiy daromad manbasiga ega bo'lgan fuqarolarga (ish haqi, pensiya va nafaqalarni hisobga olgan holda);
  • birgalikda qarz oluvchilarning oylik daromadlari va qarz yukini hisobga olib;
  • qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo'yicha o'rtacha oylik to'lovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o'rtacha oylik daromadiga nisbati 50 foizdan yuqori bo'lmagan shaxslar;
  • kredit summasi qayta rasmiylashtirilayotgan uy-joyning baholash qiymatiga nisbatan 80 foizdan oshmagan shaxslar.

Ipoteka kreditini hisoblash

Kreditni rasmiylashtirish

  1. Sayt orqali batafsil ma'lumot oling
  2. O‘zingizga yaqin bank filialini  aniqlang
  3. Bank filialiga murojaat qiling