Agrobank.uz

Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar

Kreditni rasmiylashtirish 

Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi asosida yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi

 

Kredit berish shartlari

Imtiyozli kreditlar O'zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga muvofiq yosh tadbirkorlarga milliy valyutada ajratiladi.

Kredit maqsadi

- urug'liklar, mineral o'g'itlar va o'simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, naslli chorvachilik, quyon boqish, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo'yicha ko'rsatiladigan texnik xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;

- ixcham issiqxonalarni qurish, meva-sabzavotchilikda ishlatiladigan qishloq xo'jalik texnikalari va mexanizmlarini sotib olish;

- bevosita ishlab chiqarish sohasi – oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish;

- xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish - aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati ko'rsatish, avtomobillar va boshqa texnikalarni ta'mirlash bo'yicha xizmat ko'rsatish;

- yangi bog' va tokzorlarni barpo etish, ilg'or zamonaviy, shu jumladan, tomchilatib sug'orish texnologiyalarini joriy etish.

Muddati 3 yil
Imtiyozli davri 6 oy

Kredit muddati va miqdori

Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan yosh tadbirkorlarga - eng kam oylik ish haqining 3000 barobarigacha

Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan yosh tadbirkorlarga - eng kam oylik ish haqining 1000 barobaridan oshmagan miqdorda

Kredit foizi

Kreditlar yillik 16 foiz miqdorida ajratiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'arma kompensatsiya mablag'lari hisobidan 3 foiz miqdori qoplab beriladi.

Resurs Xalq banki bilan Jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'i hisobidan

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

-ariza;

-Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasi;

-biznes-reja (aholi bandligini ta'minlashga va tomorqa yer egalariga ajratiladigan kreditlardan tashqari);

-tegishli davlat soliq inspektsiyasining qarz oluvchi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl). Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari, oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari bundan mustasno;

-shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirishni kengaytirish maqsadlari uchun kredit so'ralgan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi ko'rsatilgan o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma.

Ta'minot turlaridan biri taqdim etiladi:

-mol-mulk va qimmatli qog'ozlar garovi;

-tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati;

-uchinchi shaxs kafilligi;

-qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug'urta qilinganligi to'g'risidagi sug'urta polisi;

-ta'minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER