Agrobank.uz

Elektron hukumat

Agrobankning «Elektron xukumat» tizimi doirasida amalga oshirayotgan ishlari.

Elektron hukumat loyihalarining asosiy maqsadi — hukumatning boshqaruv va ma’muriy faoliyatida ish unumdorligini va samaradorligini ko’tarish, bular asosida fuqorolarga yuqori darajadagi davlat xizmatlarini taqdim qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun ma’qul muhit yaratish hisoblanadi. Bugungi kunda davlat interaktiv xizmatlari soni 1088 ta bo’lib o’tgan yilning shu davriga nisbatan 438 taga ko’paygan.

Agrobank tomonidan «Elektron hukumat» tizimi doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2009 yil 10 apreldagi 24- sonli yig’ilish bayoniga muvofiq NIS.UZ xukumat portalida AKTni joriy etilishi bo’yicha joylashtirilgan savolnoma o’z vaqtida (har chorakda) to’ldirib borilmoqa;
- Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali orqali kelib tushgan fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatilgan;
- Bank xodimlarini «Elektron hukumat» tizimi o’quv dasturi bo’yicha o’quv kurslarida malakasi oshirib borilmoqda.

 

O’zbekiston Respublikasida 2013–2020 yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirilishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi majlisining 1- sonly bayoni bilan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Bankning avtomatlashtirilgan tizimi onlayn rejimida tulovlarni amalga oshiruvchi MUNIS tizimiga integratsiya qilingan va muvaffaqiyatli ishlamoqda.

 

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hukumat qaroriga asosan (16-sentyabr 2013-yilning № 250 VMQ) tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifalari quyida keltirilgan:

• Jumladan, jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida “Elektron hukumat” tizimini keyinchalik rivojlantirish va takomillashtirishni strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
• “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashda kelishilgan loyihalashtirish mexanizmini ko‘zda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
• Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, innovatsion biznes jarayonlarini boshqarish mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlarining funksional va operatsion jarayonlari faoliyatini tizimli qayta tashkillantirish;
• “Elektron hukumat” tizimini samarali tatbiq qilish uchun yo‘naltirilgan tahlilni o‘tkazish va amaldagi me’yoriy- huquqiy bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• “Elektron hukumat” tizimi miqyosida davlat organlari faoliyatidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash tizimini joriy etish, tizimli monitoring o‘tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini baholash, shu jumladan, axborot texnologiyalari va resurslari samaradorligini joriy etilganligini o‘rganish;
• “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish doirasida yo‘naltirilgan indikatorlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash, Interaktiv davlat xizmatlarini samarali taqsimlanishi va foydalanishining asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqarish;

O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi, quyidagilardan iborat: 

mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish o'z ichiga quyidagilarni oladi: interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarining kengligi; hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va oydinligi; xizmatlardan oson foydalanish imkoniyatlari va yakka tartibligi; siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi; erkin axborot almashuvi; aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim etishda qulay sharoitlar yaratish; fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishini qo'llab-quvvatlash; barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

 

Elektron hukumat tizimiga oid me'yoriy hujjatlar:

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER