Samarali boshqarishning 6 siri yoxud operatsion boshqaruvdan chiqish.
Biznesingizni yangi pog’onaga olib chiqmoqchisiz, va u sizning har daqiqadagi ishtirokingizsiz daromad keltirishini xohlaysiz. Buni amalga oshirishning 6 ta qadami bilan tanishing.
1. Biznes jarayonlarni batafsil tasvirlab, xodimlar bilan batafsil o’rganib chiqing.
- “Hamma hamma narsani bajaradi” g’oyasidan chetlashish kerak. Nafaqat og’zaki, balki reja asosidagi ma’jburiyatlarni ro’yhat yoki blok-sxema qilib muhrlash kerak (masalan: asosiy ishlar, yordamchi ishlar, loyiha boshqaruvi va rivojlantirishga bog’liq ishlar)
2. Har bir jarayon uchun quyidagi ko’rsatkichlarni aniqlab oling:
- Chegaralar. Jarayon qaysi holda boshlanib qaysi natija bilan tugashi.
- Qatnashuvchilar. Qaysi qatnashuvchi jarayonda ishtirok etadi.
- Mas’ul xodim. Jarayon samaradorligini va natijalarini monitoring qiladi va chappasiga ketishni boshlasagina aralashadi.
3. Biznes uchun bir boshqaruv qurolini tanlab oling.
- Masalan bu Excel yoki ERP (resurs rejalashtirish programmasi) bo’lishi mumkin. Muhimi bir xil funksiyali qurollarni ishlatmasdan, o’z biznesingizga universal ravishda mos keladiganini topish.
4. Biznesingiz rivojlanishi rejasini tuzib oling.
-
Biznes egasining asosiy vazifalaridan biri kirim va chiqimlarni rejalashtirish. Bu uchun asosiy nuqtalarni aniqlab olish kerak. Masalan quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha: daromad, chiqimlar, aktivlar o’sishi, debitorlik qarzlar, moliyaviy qarzlar. Har bir ko’rsatkich bo’yicha xodimlar bilan muhokama qilib reja tuzib chiqish kerak.Ideal holatda operatsion boshqaruvdan chiqishdan oldin 6-12 oy davomida amaliy jarayonni rejaga mos kelish dinamikasini kuzating. Raqamlar rejaga mos kelsa, demak, tizim ishlay boshladi. Aks holda, rejaning samaradorligi ustida ishlashingizga to’gri keldi.
5.Hamma ma’lumotlar hisobotiga doimiy kirish imkoni.
- Sizda doim barcha hisobotlarga kirish imkoni bo’lishi lozim (ish-reja natijalari, kapital, kirim va chiqim). Samaradorlik uchun esa avtomatlashgan CRM-tizimini kiritish lozim.
6.Biznesingizning bozordagi o’rnini, zaifliklarini va kuchini, missiya va qadriyatlarini aniqlab oling.
- Shu olingan ma’lumotlarga binoan xodimlar treyningini tashkillashtiring.
Oxirgi yangilangan sana:

