Agrobank.uz

Ta'lim krediti

Kredit maqsadi - O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida o’qib, bakalavr yoki magistrlik unvonini olish uchun.

Kredit nomi Ta’lim krediti
Kreditlash shartlari

Kredit muddatlari

a) oliy o'quv yurtlari kunduzgi bo'limlarida bakalavr unvonini olishga o'qiyotganlarga 10 yilgacha (yetti yillik oliy o'quv yurtlari uchun 10 yilgacha; to'rt yillik oliy o'quv yurtlarining 1-kursi uchun 7 yilgacha, 2-kursi uchun 6 yilgacha, 3-kursi uchun 5 yilgacha, 4-kursi uchun 4 yilgacha);
b) magistrlik unvonini olishga o'qiyotganlarga 5 yilgacha muddatga ta'lim krediti beriladi. Muddatli harbiy xizmatni o'tash davri bu muddatga kirmaydi.

Kredit ta’minoti

a) qarz oluvchiga tegishli bo'lgan ko'char va ko'chmas mulk, shu jumladan qimmatbaho buyumlar yoki qimmatli qog'ozlar garovi;
b) bank kafolati;
v) uchinchi shaxs kafilligi;
g) sug'urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavf-xatarining sug'urta qilinganligi to'g'risidagi sug'urta polisi;

Kredit foizi

a) umumiy tartibda Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo'lmagan foiz stavkasi miqdorida;
b) chin etimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan 1 va 2-guruh nogironlariga berilgan kreditlarga foiz xisoblanmaydi;
v) kam ta'minlangan oilalardan bo'lgan talabalar uchun kredit bo'yicha hisoblangan foizlarning 50 foizi Bandlikka ko'maklashish markazlari tomonidan Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'laridan 50 talabaning o'zi tomonidan to'lanadi; Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.

Zarur hujjatlar Ta’lim krediti olish uchun ariza formasi
Batafsil

Imtiyozli kreditlar:

Chin yetimlar va mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar, bolalikdan 1-chi va 2-chi guruh nogironlari uchun – 0% stavkada; Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarga qayta moliyalash stavkasining 50% miqdoridagi stavkada;

Kredit to’lovi

Oliy o’quv yurtini bitirgandan 3 oy o’tgandan so’ng boshlanadi; Foiz to’lovi kredit olingan davrdan boshlab har oyda undiriladi.

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

1) ta’lim krediti olish to’g’risida ariza;
2) Pasport va STIR nusxalari;
3) talaba va oliy ta’lim muassasi o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);
3) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to’g’risida hujjat;
4) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo’lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan 1-chi va 2-chi guruh nogironlari, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.


 

To'liq matnni yuklab oling

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER