Agrobank.uz

Tarkibiy tuzilmalar

Ushbu sahifada Siz bank faoliyatining turli sohalariga mas'ul tarkibiy tuzilmalariga oid ma'lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

Tarkibiy tuzilmalar ro'yxati

Bank apparati
Vazifalar: Kengash va Boshqaruv yig‘ilishini o‘tkazishni tashkillashtirish, bayonnomalarni imzolatish, shuningdek, Kengash va Boshqaruvning bayonnomalari ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat olib borish. 

Bank apparati boshlig'i

Xaydarov Adham Mirazizovich

150-67-55, 203 88 88 (11011)

headoffice@agrobank.uz

Bank apparati nizomi
HR departamenti
Vazifalar: Bankning Kadrlar siyosatini amalga oshirish, bank tizimini malakali va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan hodimlar bilan mustahkamlash; bank hodimlarini mas’uliyatini oshirish, hodimlarni to’g’ri tanlash,joy-joyiga qo’yish hamda qayta tayyorlash, malakasini oshirish, bo’sh lavozimlarga munosib nomzodlarni tanlash, hodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil qilish va monitoring qilish, sifat tarkibini yahshilash, Bosh ofis tarkibiy tuzilmalari va filial boshqaruvchilari bilan birgalikda rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun hodimlarning zahira tarkibini shakllantirish va undan samarali foydalanishni tashkil etish, bankning tarkibiy tuzilishi va shtat jadvalini maqbullashtirish, hodimlarni mukofotlash, rag’batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo’llash haqidagi taqdimnomalarni ko’rib chiqish va bank Boshqaruviga takliflar kiritish, hodimlar rotatsiyasi va stajirovkasini tashkil etish, bank tizimi uchun mutahassislar tayyorlashda oliy va o’rta maxsus o’quv muassasalari bilan o’zaro hamkorlik qilishdan iborat

Departament boshlig'i

Jiyanov Najibuddin Bo'riyevich

150-53-50, 203 88 88 (11026)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Yuridik xizmat departamenti

Vazifalar: a) Bank va uning tarkibiy bo`linmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta`minlashda qatnashish; b) Bank va uning tarkibiy bo`linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish; v) Bank va uning tarkibiy bo`linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta`minlash ishlarini tashkil qilish; g) Bankda shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da`vo ishlarini yurutishda qatnashish; d) Bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini sud va boshqa idoralarda huquqiy himoya qilish; e) Bank va uning tarkibiy bo`linmalari faoliyatida amaldagi O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va davlat boshqaruv organlarining me`yoriy hujjatlariga to`g`ri va bir xil rioya qilinishini ta`minlash; j) qonun bilan himoya qilinuvchi, bank sirini tashkil qiluvchi ma`lumotlarni muhofaza qilish.

Departament boshlig'i

Saipov Djamshid Akbarovich

273-25-40, 203 88 88 (11058)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
G'aznachilik departamenti

Vazifalar: Departametning asosiy vazifasi bankning strategik va biznes rejalarida, siyosatida va nizomlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanib, quyidagi maqsadlarni o'z ichiga oladi:

mijozlar manfaatini himoya qilish; balansning optimal likvidligini ta'minlash; bank kapitalining yetarliligini ta'minlash; g'aznachilik tavakkalchiligini minimizatsiyalash; yuqori rentabellikni ta'minlash; bank balansining holatiga oid iqtisodiy normativlarga rioya qilish; bankning strategik va biznes rejalarini ishlab chiqish;

Undan tashqari, bank resurslarini jalb etish va joylashtirish bilan bog'liq takliflarini ishlab chiqadi va Aktiv va passivlarni boshqarish qo'mitasiga ko'rib chiqish uchun kiritadi, bank narx siyosati, valyuta, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari, bank likvidligi va kapitalini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va departament vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalar. 

Departament boshlig'i

Kaxorov Erkin Azizjonovich

150-53-33, 203 88 88 (11103)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Risk menejmenti boshqarmasi
Vazifalar: Bank omonatchilari va aksiadorlar manfaatlarini himoya qilish; bank tavakkalchiligini minimallashtirish va bartaraf etish; Bank tavakkalchiligini boshqarish siyosatini ishlab chiqish; Tavakkalchilik darajasini nazorat qilish uchun uslubiyotlar, nizomlar va boshqa ichki xujjatlarni yaratish; Tuzilayotgan kredit shartnomalar Markaziy Bank va Xalqaro moliya insitutlari o`rnatgan iqtisodiy normativlar doirasida bo`lishini nazorat qilish; Bankning asosiy operatsiyalaridan yuzaga kelishi mumkin bo`lgan bozor tavakkalchiligi va operatsion tavakkalchiliklarni salbiy ta’sirlarini minimizatsiyalash uchun baholash ishlari va tahlil qilish ishlarini olib borish; Banklararo va sug`urta tashkilotlari bilan bo`ladigan operatsiyalardan yuzaga keladigan kredit tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va tahlil qilish.

Boshqarma boshlig'i v.b.

Mahmudhujayev Bobur Tohirhanovich 

203 88 88 (11434)

headoffice@agrobank.uz

Boshqarma nizomi

Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti
Vazifalar: Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish; iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va Respublikada eksport salohiyatini amalga oshirish; bank miqyosida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish; valyuta operatisiyalarining barcha turlarini amalga oshirishni tashkil qilish. 

Departament boshlig'i

Yunusxodjayev Ilhomho'ja Islamxodjayevich

150-85-25, 203 88 88 (11555)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
     
Agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti
Vazifalar: 1. Qishloq xo'jaligi sohasida kredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; Departamentning tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiris, Bankning strategiyasi va O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli kreditlash masalalari bo’yicha ishlash; Filiallar tarmog’i (filiallarning vakolatlaridan yuqori darajadagi) va hududiy ofis mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek filiallarda xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish; Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish. 

Departament boshlig'i

Davletov Nodir Ismailovich

203 88 88 (11482)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Kichik biznes kreditlarini monitoring qilish boshqarmasi
Vazifalar: Kichik bisnes sohasida kredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; Departamentning tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiris, Bankning strategiyasi va O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli kreditlash masalalari bo’yicha ishlash; Filiallar tarmog’i (filiallarning vakolatlaridan yuqori darajadagi) va hududiy ofis mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek filiallarda xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish; Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Boshqarma boshlig'i

Shukurov Komil Mo'minjonovich

203 88 88 (11244)

headoffice@agrobank.uz

Boshqarma nizomi
Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash boshqarmasi
Vazifalar: Jismoniy shaxslarni kreditlash va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida kredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; Departamentning tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiris, Bankning strategiyasi va O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli kreditlash masalalari bo’yicha ishlash; Filiallar tarmog’i (filiallarning vakolatlaridan yuqori darajadagi) va hududiy ofis mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek filiallarda xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish; Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish; aholini xususiy tadbirkorlik sohasiga optimal shartlar asosida mikrokreditlar ajratish orqali jalb qilish. 

Departament boshlig'i

Sherdanov Akmal Xolmamatovich

203 88 88 (11245)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish departamenti

Vazifalar: Bank foyda olishini ta’minlash uchun investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish.

 Asosiy maqsadga erishish uchun Departament quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
- Milliy va Xorijiy valyutada investitsiya ajratilishini talab etuvchi turli iqtisodiyot tarmoqlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari investitsiya loyihalarining o’zini-o’zi qoplashi va iqtisodiy samaradorligini ko’rib chiqish va ekspertizadan o’tkazish; 
- Bank foyda olishini ta’minlash maqsadida, kreditlashning asosiy prinsiplari: qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli ishlatilishini inobatga olgan holda loyihalarni moliyalashtirilishini va ajratilgan kreditlarni monitoring qilishni tashkil etish; 
- Investitsiya loyihalarini moliyalshtirishga yo’naltirilgan kredit liniyalaridan foydalanish bo’yicha ishlarni tashkil etish; 
- Bank va Bankning filiallarida investitsiya loyihalarini kreditlash metodikasi va instrumentlarini takomillashtirish; 

Departament boshlig'i

Namozov Uchqun Shafoatovich

150-53-40, 203 88 88 (11077)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Chakana xizmatlarni rivojlantirish departamenti
Vazifalar: Omonat operatsiyalari bo'yicha ishni to'g'ri tashkil etish; omonatlar bo'yicha zarur hisobot materiallarini tayyorlash, ularni tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatish. 

Boshqarma boshlig'i

Mamarasulov Ulug'bek

150-53-65, 203 88 88 (11281)

headoffice@agrobank.uz

Boshqarma nizomi
Bank kartalariga xizmat ko'rsatish departamenti
Vazifalar: Plastik kartochkalar bo’yicha zamonaviy bank elektron hisob-kitoblar teхnologiyasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini o’rganish; Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish loyihalari bo’yicha marketing tadqiqodlarni o’tkazish va biznes rejalarni ishlab chiqish; Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish; Bankning plastik kartochkalari orqali Avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyatining shartlari va qoidalarini belgilash maqsadida shartnomaviy, me’yoriy-instruktiv va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish; Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimidan foydalanish; Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar tizimi faoliyatini teхnik-tizimli qo’llab-quvvatlash; Plastik kartochka orqali хizmat ko’rsatish tarmog’ini kengaytirish va daromad keltiruvchi хizmatlarni yanada kupaytirish va boshqalar.

Boshqarma boshlig'i

Mamajonov Zafar Xudoynazarovich

120-88-05, 203 88 (11287)

headoffice@agrobank.uz

Boshqarma nizomi
Axborot texnologiyalar departamenti
Vazifalar: Bankning ichki to’lov tizimlarini hamda hisob-kitoblar teхnologiyasini jahon andozalariga mos ravishda takomillishtirish. Jahon bank tizimi amaliyotidagi ilg’or aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini o’rganish va ularni bank tizimiga tadbiq etish ishlarini tashkil qilish va ularni rivojlantirish. Real vaqt tartibiga asoslangan va hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasini oshirishga yo’naltirilgan to’lov tizimini tashkil etish va uni rivojlantirishga oid talablarni ishlab chiqish. Bankning integrallashgan aхborot-tahliliy tizimini loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirishni tashkil etish. Bank sohasida ishlatiladigan dasturiy vositalarni ekspertizadan o’tkazish va ularning ishini kuzatib borish, elektron ma’lumotnomalar tizimidan foydalanishni ta’minlash, komp’yuter savodхonligi bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qo’mitasi va boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo’linmalari bilan uzviy aloqada ishlashni tashkil etish va boshqalar.

Departament boshlig'i

Atabekov Umarbek Rahimovich

203 88 88 (11327)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Strategik tahlil va bank faoliyatini rivojlantirish departamenti
Vazifalar: Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatining moliyaviy natijalarini rejalashtirish va prognoz qilish tizimi hamda tartibini ishlab chiqish. Strategiyaning birlamchi yo’nalishlarini belgilab olish maqsadida Bankning istiqbolli va zaif tomonlarini aniqlab olish maqsadida bank tizimi va iqtisodiyot rivojlanishini prognoz qilish. Strategiyani vazifalar, tadbirlar, harakatlar tarzida aniqlashtirib chiqish. Biznes-rejalashtirishning birlamchi parametrlari sifatida bozorlarni tahlil qilish, ularning ustuvor segmentlarini ajratib olish, aniq bir yo’nalishlar uchun maqsadlar qo’yish vositasida strategik rejada bayon etilgan miqdoriy jihatdan belgilangan moliyaviy maqsadlar va strategik tanlov asosida rejalashtirish jarayonini tashkil qilish. Salbiy oqibatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, Bankning faoliyatini yanada yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlarini tahlil qilishni tashkil etish va bu jarayonda qatnashish. Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlash va boshqalar.

Departament boshlig'i

Fayzullayev Ulug'bek

273-24-93, 203 88 88 (11091)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Buhgalteriya hisobi va hisoboti departamenti
Vazifalar: Buхgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo’yicha belgilangan qoidalar asosida bank tizimidagi boshqarmalarda va uning tarkibidagi bo’linmalarda buхgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etilishini ta’inlash; Buхgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar hamda bankning operatsion, ma’muriy-boshqaruv хarajatlari va daromadlarining buхgalteriya hisobi siyosatlarini ishlab chiqish; O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo’mitasi va boshqa nazorat organlariga belgilangan muddatlarda topshirish uchun yig’ma buхgalteriya va statistik hisobotlarni tuzish. Kamomadlar, debitor va kreditor qarzdorlik hamda boshqa yo’qotishlarni buхgalteriya balansidan belgilangan tartibda, qonuniy hisobdan chiqarilishini nazorat qilish va boshqalar.

Departament boshlig'i

Yuldoshev Akrom Oblaqulovich

150-53-83, 203 88 88 (11911)

headoffice@agrobank.uz

Departament nizomi
Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER