Agrobank.uz

Murojaatlar uchun

 

 

Qabul o’tkazadigan rahbarlar Lavozimi Qabul kuni Qabul vaqti Telefon raqami e-mail
Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich Boshqaruv raisi shanba 08.00-11.00 0-371 203-88-88 headoffice@agrobank.uz
Mamatqulov Rustam O'ktamovich Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari har kuni 08.00-11.00 0-371 203-88-88 headoffice@agrobank.uz
Achilov Murodjon Azamatovich Boshqaruv raisi o’rinbosari har kuni 08.00-11.00 0-371 203-88-88 headoffice@agrobank.uz
Urazkulov Ikrom Abrorkul o'g'li Boshqaruv raisi o’rinbosari  har kuni 08.00-11.00 0-371 203-88-88 headoffice@agrobank.uz

Izoh: Qabulga 150 67 55 telefoni orqali ro'yxatga yozilishi lozim, jismoniy shaxs og'zaki murojaat etayotganda o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o'z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko'rsatishi kerak. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul, agar ularning shunday xususiyatga ega bo'lgan ilgarigi murojaati bo'yicha qaror qabul qilingan bo'lsa va bu haqida ularga Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan bo'lsa, rad etilishi mumkin. Elektron adress manzili: headoffice@agrobank.uz, yagona interaktiv xizmatlar portali: my.gov.uz 

Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish

Fuqarolarning bankka kelib tushgan murojaatlari ana shu organning o’zi yoki zimmasiga murojaatlarini ko’rib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs tomonidan ko’rib chiqiladi.   

Fuqarolarning murojaatlari, agar ular qo’yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan bo’lsa, uzog’i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo’natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarini ko’rib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan bankning mansabdor shaxslarning o’ziga jo’natish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo’natish uchun zarur ma’lumotlar bo’lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o’ziga qaytariladi.

Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona ko’rib chiqish uchun qo’shimcha axborotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo’lsa, mazkur murojaatni ko’rib chiqayotgan bankning mansabdor shaxsi qo’shimcha axborot to’plashi mumkin.

Fuqarolarning murojaatini ko’rib chiqayotgan ayrim hollarda bank tomonidan murojaatlar joyning o’zida ko’rib chiqilishi ta’minlanadi.
Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning o’zi yoki boshqa shaxs yo’qligida murojaatni ko’rib chiqishning imkoni bo’lmasa, ular bankning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin.

Fuqarolarning murojaatlari bo’yicha qabul qilingan qarorlarni bank boshqaruvi raisi davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxs imzolaydi.
Agar ariza, taklif yoki shikoyatda bayon qilingan masalalar hal etilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, bu ish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlari

Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.

Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart bo’lgan bankka tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida, qo’shimcha o’rganishni vatekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o’n besh kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi. 

Ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish muddati bank rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.

 

2017 yil boshidan bankka yo'llangan murojaatlar statistikasi:

Murojaatlar shakli Jami yo'llangan Jami ko'rib chiqilgan Qayta ishlash jarayonida
Yagona telefon raqami orqali 4106 4106 -
Ishonch telefoni orqali  821 821 -
Rasmiy veb sayt orqali 1104 1095 6
Prezident portali orqali 7994 7951 43
YIDXP orqali  1842 1735 7
Yozma shaklda 74 74 -

Ma'lumotlar har hafta boshida yangilanadi. So'ngi yangilangan sana: 20.12.2017

Xizmatlar sifatini baholash bo'yicha statistika:

Murojaatlar shakli 1 baho 2 baho 3 baho 4 baho 5 baho Jami O'rtacha baho
Yagona telefon raqami orqali - - - - - - -
Ishonch telefoni orqali  - - - - - - -
Rasmiy veb sayt orqali 52 55 76 107 177 407 4.09
Prezident portali orqali 103 91 63 78 112 523 2.87
YIDXP orqali  51 51 34 26 129 291 3.61 
Yozma shaklda - - - - - - -

Ma'lumotlar har hafta boshida yangilanadi. So'ngi yangilangan sana: 20.12.2017

 

Online murojaat yuborish bu yerda

Fuqarolar murojaatlari bo'yicha statistik ma'lumotlar bu yerda

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER