Agrobank.uz

Loyihalarni moliyalashtirish

Kredit yo’nalishi Strategik ahamiyat kasb etgan, eksportbob va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda ekspluatatsiya qilinmagan zamonaviy ishlab chiqarish texnologik uskunalarini sotib olish yoki ishlab chiqarish ob’yektlari qurilishini moliyalashtirish uchun ajratiladi. Iqtisodiyotning real sektori tarmog’idagi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan eksportga sotishga mo’ljallangan tovarlar va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar ustuvor xarakterga ega.
Kreditlash tamoyili Muddatlilik, to’lovlilik, qaytarishlik, maqsadlilik va ta’minlanganlilik tamoyillariga asoslaniladi
Kreditlash shartlari Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsion loyihalari bankning o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirilganda loyiha tashabbuskorlarining o’z ulushlari loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmasligi shart. Bunda loyihada ishtirok etmaydigan garov sifatida taqdim qilinayotgan mol-mulklar ulush sifatida e’tirof etilmaydi.
Kredit muddati Loyiha pul oqimidan kelib chiqqan holda belgilanadi (5 yil ichida o’zini qoplaydigan loyihalar ustuvor hisoblanadi)
Foiz Loyiha pul oqimidan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo’lmagan miqdorda yoki kredit liniyasi shartlaridan kelib chiqqan holda
Investitsion loyihalarni ko’rib chiqish va amalga oshirish bosqichlari 1. Bank filialida dastlabki ekspertiza;
2. Hududiy boshqarma tomonidan dastlabki ekspertiza;
3. Markaziy apparat tomonidan yakuniy ekspertiza;
4. Kredit qo’mitasi tomonidan yakuniy xulosa qabul qilish;
5. Loyihani moliyalashtirish;
6. Loyiha bo’yicha monitoring olib borish.
Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar 1. Ariza;
2. TIA yoki biznes reja;
3. Korxonaning ta’sis hujjatlari;
4. Moliyaviy hisobotlar;
6. Loyihani moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan loyiha smeta hujjatlari;
7. Import shartnomasi loyihasi;
8. Kredit ta’minoti (Olinayotgan kredit miqdorining 120 foizidan kam bo’lmagan ko’char va ko’chmas mulk yoki qonunda belgilangan boshqa ta’minot turi)
9. Loyiha xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Quyidagi holatlarda investitsion kreditlar ajratilmaydi 1. Ustav kapitalini shakllantirishni ko’zda tutuvchi loyihalarga;
2. Loyiha bank tomonidan yuqori tavakkalchilikka ega deb topilganda;
3. Tayyor mahsulotlarni import qilib qayta sotish uchun savdo kompaniyalariga ishchi kapitalni shakllantirishga;
4. Kazino va boshqa turdagi qimor o’yinlarini tashkil qilishga;
5. Spekulyativ investitsion faoliyatga.


 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER