Agrobank.uz

Hunarmandchilik faoliyati sub'ektlariga imtiyozli mikrokreditlar

Hunarmandchilik faoliyati subyektlariga imtiyozli mikrokreditlar ajratish tartibi

Kredit yo’nalishi

“Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lgan hunarmandlarga o'zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mini-texnologiyalar, asbob-uskunalar va zarur jihozlarni xarid qilish, aylanma mablag'larni to'ldirish.

Kredit berish shartlari

Imtiyozli mikrokreditlar “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lgan va hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga milliy valyutada ajratiladi.

Kredit maqsadi

Mini-texnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlarni sotib olish uchun, shuningdek, aylanma mablag'larni to'ldirish uchun.

Kredit muddati va miqdori

Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yil muddatga, eng kam oylik ish xaqining 300 barobaridan oshmagan miqdorda qaytarish muddatini uzaytirish hukuqisiz beriladi.

Kredit foizi

- O'zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishda imtiyozli mikrokreditlarning foiz stavkasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi;

- Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun esa O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish foiz stavkasi darajasida.

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

 - ariza ;

 - “Hunarmand” uyushmasiga a'zoligini tasdiqlovchi hujjat;

 - qarz oluvchining ishlab chiqarilayotgan buyum va tovarlar (ish, xizmatlar) turlarining xamda ularning sotilishidan tushgan pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko'rsatilgan biznes-reja;

 - qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno); d)mikrokreditni qaytarishning ta'minlanishi to'g'risida hujjat;

Тел: (0371) 202-80-08 / 11245, 11255

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER