Agrobank.uz

Jalb etilgan kredit liniyalar doirasida ajratiladigan kreditlar

1. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan imzolangan kredit shartnomasi bo'yicha (Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar uchun) loyihalarni kreditlash shartlari:

Kreditlash sub'ektlari – Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar;
Kredit miqdori – loyiha qiymatining 50% miqdorigacha, kredit liniyasi shartnomasi miqdori doirasida;
Kredit muddati: 10 yilgacha (3 yilgacha imtiyozli davr bilan);
Foiz stavkasi: o'zgaruvchan (6 oylik LIBOR+5%);
Kredit liniyani tashkil etish uchun bir martalik komissiya: jalb qilinadigan kredit liniya mablag'idan 0,2%;
Kredit maqsadi: Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga va yangi tashkil etilayotgan korxonalarning investitsion loyihalariga zamonaviy chet elda ishlab chiqarilgan uskunalar va texnologiyalar sotib olishga yo'naltiriladi.

 


 

2. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi bilan imzolangan kredit shartnomasi bo'yicha (Hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub'ektlar uchun) loyihalarni kreditlash shartlari:

Kreditlash sub'ektlari – “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lgan hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari;
Kredit miqdori – eng kam ish haqining 300 barobarigacha;
Kredit muddati: 2 yilgacha (6 oylik imtiyozli davr bilan);
Foiz stavkasi:

• mini-texnologiyalar, asbob-uskunalar va zarur jihozlarni sotib olish uchun – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foiz miqdorida;
• aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi miqdorida;

Kredit maqsadi: kreditlar “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lgan hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub'ektlarga mini-texnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlarni sotib olish hamda aylanma mablag'larni to'ldirish uchun ajratiladi.

 


Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER