Agrobank.uz

Mobil Savdo

Endi Siz o'z mobil telefoningiz orqali yangi Mobil Savdo xizmati yordamida savdo va to'lovlarni qabul qilish joylarida to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun tijorat tashkilotlari bankning yaqin filialida xizmatni yoqtirishlari kifoya. Jismoniy shaxslarga esa faqatgina "Click" tizimiga ulanish kifoya qiladi. Siz to'lovlarni quyidagi Mobil Savdo stikeri mavjud barcha savdo joylarida amalga oshirishingiz mimkin.

Savdo va pullik xizmat ko'rsatish shoxobchalarini "Mobil savdo" xizmat turiga ulash tartibi

 

1. Savdo va pullik xizmat ko'rsatish shoxobchasi ushbu xizmat turiga ulanish uchun bankka ARIZA bilan murojaat qiladi. 

2. Bank filiali bilan savdo va pullik xizmat ko'rsatish shoxobchalari o'rtasida "Mobil savdo" xizmat turiga ulanish hamda undan foydalanish uchun shartnoma imzolanadi. (Shartnoma namunasi

3. "Mobil savdo" xizmat turidan foydalanish uchun savdo va pullik xizmat ko'rsatish shoxobchasiga "Login" va "Parol" beriladi va bu yordamida WEB-interfeysga kiradi hamda to'lovlarni amalga oshirish uchun o'z xodimini (sotuvchisi)ning uyali telefoni raqamini biriktiradi. (Foydalanuvchi uchun qisqacha yo'riqnoma)

 

“Mobil savdo” xizmati orqali to'lovlarni amalga oshirish tartibi

 

1. Sotuvchi xaridorga uyali telefon raqami orqali USSD so'rovi yordamida quyidagi tartibda to'lov uchun hisob yuboradi:

1.1) *880**0*operator kodi bilan telefon raqami*summa#chaqiruv tugmasi bosiladi;

1.2) *880**0*ID raqami*summa#chaqiruv tugmasi bosiladi.

2. To'lov hisobi xaridorning mobil telefoniga yuborilganidan so'ng, sotuvchining mobil telefoniga SMS-xabarnoma orqali quyidagi ma'lumotlar keladi:

2.1) to'lov uchun yuborilgan hisobning tartib raqami;

2.2) xaridorning mobil telefoni raqami;

2.3) yuborilgan hisobning summasi.

3. SMS-xabar kelganidan so'ng, xaridor mobil telefonidan *880# raqamini teradi va unga yuborilgan hisobni (“1”) to'lashi yoki (“0”) uni rad etishi mumkin bo'ladi.

4. Xaridor yuborilgan hisob uchun to'lovni amalga oshirishda o'zining CLICK-PIN kodini tergan holda to'lovni tasdiqlaydi.

5. Xaridor tomonidan to'lov amalga oshirilganidan so'ng, sotuvchining mobil telefoniga to'lov amalga oshganligini tasdiqlovchi SMS-xabar keladi.

 

Foydalanuvchi yo'riqnomasi

CLICK tizimidan foydalanish yo'riqnomasi 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER