Agrobank.uz

Savdo korxonalarini kreditlash

kredit olish uchun online ariza

Kredit kalkulyatori

 

Savdo korxonalariga ajratiladigan tijorat kreditlarini olish tartibi

Kredit yo’nalishi Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklari hamda oilaviy korxonalarga chakana savdo uchun milliy valyutada kredit ajratish
Kredit berish shartlari tadbirkorlik sub'ektlariga chakana savdo faoliyati uchun aylanma mablag'larni to'ldirishga 12 oy muddatgacha revolver shaklda kreditlar rasmiylashtiriladi.
Kredit maqsadi oziq-ovqat, spirtli va salqin ichimliklar, qurilish mollari, maishiy va orgtehnika jihozlari, neft' mahsulotlari, dori-darmon mahsulotlari va boshqa xalq iste’moli mollari sotib olish uchun.
Kredit muddati Chakana va ulgurji-chakana savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi savdo tashkilotlariga yuqori likvidli tovarlarning chakana savdosini tashkil qilish uchun revolver krediti 1 (bir) yil muddatgacha, qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomidagi pul aylanmasidan kelib chiqqan holda o'rtacha bir oylik aylanmaning 3 (uch) barobarigacha bo'lgan miqdorda qayta tiklanadigan (revolver) shaklda ajratiladi.
Foizi (qayta moliyalashga nisbatan) mijoz va bank o’rtasida kelishilgan holda
Imtiyoz Savdo va boshqa xizmat ko’rsatish korxonalariga revol'ver kreditlari va ularga hisoblangan foizlarni o’z vaqtida to’liq naqd pullar bilan qaytarish asosida kreditlar ajratilishi mumkin.
Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar 1.Ariza;
2.Biznes reja;
3.Ta’minot turi;
4.Oxirgi hisobot sanasidagi DSI tomonidan tasdiqlangan moliyaviy hisobot;
5.So’nggi hisobot sanasiga debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot;
6.Foyda va zararlar haqida hisobot;
7.Pul oqimlari to’g’risida hisobot;
8.Boshqa kreditorlarda qarz mablag’lari va boshqa banklarda saqlanayotgan bo’sh mablag’lar mavjudligi to’g’risida ma’lumotnoma;
9.O’z kapitali bilan boshqa korxonalarni tashkil etishda ishtiroki to’g’risida ma’lumotlar.


To'liq matnni yuklab oling

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER