Agrobank.uz

Aholiga shaxsiy yordamchi xo'jalik faoliyatini rivojlantirishga kredit

Aholiga shaxsiy yordamchi xo'jalik faoliyatini rivojlantirishga kredit

Kredit ajratish yuzasidan qabul qilingan me'yoriy hujjat

Bank boshqaruvining 2018 yil __ iyuldagi №__/_ -sonli qarori bilan tasdiqlangan «Jalb qilingan kredit liniyalari hisobidan bank tomonidan kreditlar berish tartibi»ga asosan

Kredit maqsadi

- tamorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish ;
- tamorqa yer egalarining innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash, yangi turdagi qishloq ho'jaligi mahsulotlarni yetishtirishni rag'batlashtirish, shuningdek qishloq xo'jaligida yangi samarali texnologiyalarni joriy qilishga ko'maklashish;
- qishloq xo'jaligi faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashuvchi davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni, loyixalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

Kredit berilishi

Kreditlar hududiy fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari bilan kelishilgan holda ajratiladi

Muddati

3 yil

Imtiyozli davr

1 yil

Foiz stavka

7%

Resurs

O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi

Talab etiladigan hujjatlar

- Ariza;
- pasport nusxasi (bunda mazkur hujjatlarning asli ko'zdan kechirilib, undan nusxa olinadi);
- tavsiyanoma;
- shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot etishtirishni kengaytirish maqsadlari uchun mikrokredit so'ralgan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi ko'rsatilgan o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma;
- kredit ta'minot turlaridan biri: - bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati;
- mol-mulk va qimmatli qog'ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;
- uchinchi shaxslarning kafilligi;
- kredit qaytmasligi xatarini sug'urta qilish.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER