Agrobank.uz

Lizing operatsiyalari

Lizing oluvchilar Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan moliyaviy barqaror xo’jalik yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari
Lizing ob’yekti Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk (yer uchastkalari va boshqa tabiiy ob’yektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno)
Lizing tamoyili Muddatlilik, maqsadlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik va qaytarishlik
Lizing shartlari Lizing ob’yektiga bo’lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishlidir
Lizing shartnomasining muddati Lizing shartnomasi Soliq Kodeksining 144-moddasi 3-qismida belgilangan amortizatsiya muddatlarini hisobga olgan holda lizing ob’yekti xizmat muddatining 80 foizidan kam bo’lmagan muddatga tuziladi. Fermer xo’jaliklariga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga qishloq xo’jaligi mashinalarini lizingga berish borasidagi lizing shartnomalari 10 yilgacha bo’lgan muddatga tuziladi.
Lizing to’lovlarining tarkibi Asosiy qarz (amortizatsiya ajratmasi), foiz va ko’rsatilgan boshqa xizmatlar uchun to’lov (sug’urta, transport)
Foiz stavkasi Bank tomonidan jalb qilingan resurs manbaidan kelib chiqqan holda mijoz va bank o’rtasida kelishilgan miqdorda
Lizing xizmatidan foydalanish uchun taqdim etiladigan hujjatlar 1. Ariza;
2. Lizing ob’yektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma
3. TIA yoki biznes reja;
4. Korxonaning ta’sis hujjatlari;
5. Moliyaviy hisobotlar;
6. Lizing ta’minoti (Lizing ob’yekti va qo’shimcha ta’minot turi)
7. Loyiha xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Quyidagi holatlarda lizing xizmatlari ko’rsatilmaydi 1. Zarar bilan faoliyat yuritadigan hamda nolikvid balansga ega bo’lgan tadbirkorlik sub’yektlariga;
2. Salbiy kredit tarixiga ega bo’lganda;
3. Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing ob’yektini qo’llash ko’zda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini ko’rsatishga yo’l qo’yilmaydi.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER