Agrobank.uz

Kam ta'minlangan oilalarning tadbirkorlik faoliyati tashkil etish uchun

Kredit ajratish yuzasidan qabul qilingan me'yoriy hujjat

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 oktyabrdagi 857-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta'minlangan oilalarni bandlik bilan ta'minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to'g'risidagi Nizom”

Kredit maqsadi

- tikuv mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat bilan bandlikni ta'minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish;
- shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik-issiqxonalar barpo etish, chorva mollari, parranda sotib olish, og'ilxona va tovuqxona qurish, bog'dorchilik inventarlari va asboblari xarid qilish) maqsadlari uchun ajratiladi.

Kredit berilishi

Kasaba uyushmasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Qoraqolpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkentshahar hokimliklari, shuningdek tijorat banklarining mas'ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan shakllantirilgan ro'yxatga kiritilgan muayyan mehnat turlari bilan shug'ullanish istagida bo'lgan fuqarolar

Muddati

3 yil

Imtiyozli davri

6 oy

Kredit miqdori

eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha (18 430 000 so'm)

Foiz stavkasi

4%

Resurs

Markaziy bank mablag’i

Talab etiladigan huijjatlar

- ariza;
- pasport nusxasi (bunda mazkur hujjatlarning asli ko'zdan kechirilib, undan nusxa olinadi);
- shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot etishtirishni kengaytirish maqsadlari uchun mikrokredit so'ralgan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi ko'rsatilgan o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma;
-kredit ta'minot turlaridan biri:

- bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati;

- mol-mulk va qimmatli qog'ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;

- uchinchi shaxslarning kafilligi; - kredit qaytmasligi xatarini sug'urta qilish.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER