Agrobank.uz

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Agrobank bugungi kunda ko’plab xalqaro moliya institutlari bilan kredit liniyalarini jalb etish bo’yicha bitimlar imzolagan.

Jumladan, Agrobank Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Eksimbank (Hitoy), Hipoferaynsbank (Germaniya) va XSRIK va Polsha Milliy banki bilan hamkorlik munosabatlari o’rnatilgan va umum hisobda 96,1 mln. AQSh dollaridan ortiq kredit liniyasi jalb qilingan. Shundan, kichik biznes sub’yektlari loyihalarini qo’llab— quvvatlashga yo’naltirilgan liniyalar bo’yicha:

  • OTBdan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish 2-faza» loyihasi doirasida jami 20 mln. AQSh dollari jalb qilinishi belgilangan bo’lib hozirda jami 6 mln. AQSh dollari jalb qilindi.
  • OTBning «Kichik biznesni qo’llab quvvatlash loyihasi» doirasida 13,4 mln. AQSh dollari jalb qilinib, to’liq o’zlashtirilgan.
  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining «Qishloq xo’jaligini qo’llab quvvatlash loyihasi» barcha komponentlari bo’yicha jami 15,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag’lar to’liq jalb qilingan va o’zlashtirilgan.
  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasining «Qishloq xo’jaligi korxonalarini qo’llab-quvvatlash loyihasi II-bosqichi» loyihasi bo’yicha jami 9,2 mln. AQSh dollari va12,4 mlrd.so’m jalb qilingan.
  • Xipoferaynsbankdan (Germaniya) jami 2,8 mln. yevro miqdorida kredit mablag’lari to’g’ridan to’g’ri jalb qilingan bo’lib, kredit liniya mablag’lari to’liq o’zlashtirilgan.
  • XSRIK kredit liniyasining 6 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag’lari to’liq o’zlashtirildi.
    Bugungi kunda «Agrobank» ATB tomonidan hududlarda investitsion faollikni oshirish maqsadida quyidagi Xalqaro moliya institutlari mablag’larini jalb qilish ishlari tashkillashtirilgan.

Kichik biznes sub’yektlarining ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish yo’nalishi bo’yicha

1. Pol’sha Milliy banki bilan o’zaro kelishuv Memorandumi imzolangan bo’lib, bunda faqat Pol’sha davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy tehnologiyalar sotib olishga kreditlar ajratiladi.
Shuningdek, moliyalashtiriladigan import shartnomaning 85 foizi Pol’sha Milliy banki kredit mablag’laridan va qolgan 15 foizi mijozning xususiy valyuta mablag’lari hisobidan to’lab beriladi.
Mazkur moliya instituti kredit hajmining eng yuqori miqdori belgilanmaydi

2. Osiyo taraqqiyot banki «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish 2-faza» loyihasi doirasida jami 55,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniya jalb qilingan.

Mazkur mablag’lar kichik biznes sub’yektlarining 20 ming AQSh dollaridan oshmagan loyihalarining moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Shu bilan birga hozirda Xususiy sektorni rivojalantirish Islom korporatsiyasidan zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarini sotib olishga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 6 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

Kredit liniya jalb qilish to’g’risidagi kelishuv imzolangandan so’ng qo’shimcha ma’lumotlar joylashtiriladi.
Shuningdek Apraka va Kika Xalqaro institutlarining teng huquqli a’zoligiga kirgan.

Shu bilan birga xalqaro pul o’tkazmalari Zolotaya karona, CONTACT, UniStream, Лидер, Caspian money transfer kabi to’lov tizimlari ham yo’lga qo’yilib mijozlarga xizmat ko’rsatib borilyapti.

Murojaat uchun tel. 150-85-23

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER