Agrobank.uz

To'lov kartalari

Siz Agrobank so’m plastik kartochkasi orqali:

- viloyat markazlarida va tumanlarda joylashgan filiallarda naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;

- plastik kartochka hisob raqamidagi mablag’ingizni istagan vaqtingizda ko’paytirish yoki plastik kartochkangiz hisob raqamidagi mablag’ni istagan vaqtingizda olishingiz mumkin;

- butun respublika bo’ylab o’rnatilgan bankomatlardan naqd pul olishingiz mumkin;

- Respublika miqyosidagi savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalariga o’rnatilgan terminallar orqali naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lasiz;

- maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, uyali aloqa kompaniyalarida xizmat haqini to’lash, tovarlar sotib olish, mehmonxona, avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxhobchalaridan va metrodan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz;

- Respublika bo’ylab joylashgan maxsus kassalarda terminallar orqali kommunal to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin;

- plastik kartochkangiz hisob raqamiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni belgilangan tartibda naqd pulsiz o’tkazishingiz mumkin.

 

 

ONLINE tizimida ishlaydigan so’m plastik kartalari quyidagi qulayliklarga ega.

  • - Ushbu plastik kartalar Online tizimida ishlaydi.
  • - Agar mijoz plastik kartasini yo’qotsa o’sha zahoti blokirovka qilish imkoniyati mavjud.
  • - SMS orqali plastik kartadagi ma’lumotlar uyali telefoningizga kelib turadi.
  • - Bankka plastik kartangizni zagruzka qilish uchun kelib yurmaysiz, aksincha ushbu plastik karta zagruzka qilinmasdan Online tarzida ishlaydi.
  • - Mijozlar tashkilotlardagi ish o’rinlaridan ajralmagan holda Online orqali mablag’larini kartochkalariga yuklab olishlari mumkin.

Plastik kartochka hisob raqamingizda bo’lgan operatsiyalar sir tutiladi!

Siz Agrobank plastik kartochkasiga ega bo’lishingiz bilan mablag’ingiz xavf-xatardan holi bo’ladi. Bunda Siz foydalanish uchun o’zingiz tanlagan va xotirasiga kiritgan Pin koddan foydalanasiz va natijada o’zga shaxslarning plastik kartochkangizdan foydalanish ehtimoli batamom yo’qoladi.

Plastik kartochkadagi pul mablag’ingiz O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning bankdagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.

 

 

VISA xalqaro kartalari

Siz VISA Card ni Agrobankda olishingiz hamda dunyo bo’ylab moliyaviy erkinligingizni, ijtimoiy farovonlik va ishonchli kelajagingizni qo’lga kiritishingiz mumkin! 

VISAning qo’shimcha xizmatlari haqida to’liq ma’lumotni rasmiy sayti www.visa.com dan olishingiz mumkin. 
Ushbu kartani ochish uchun Siz Agrobankning Sizga yaqin filialiga murojaat qilsangiz kifoya. 

O’zingiz bilan passportingizni oling. Minimal to’lov 50 AQSh dollari. 

Qo’shimcha ma’lumot bilan 150-53-70 raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki visa@agrobank.uz manziliga xat yozing

Visa Еlectron dunyo amaliyotida qulay bo’lgan to’lov karta bo’lib, ilk bor to’lov kartasini qo’llayotgan iste’molchilar hamda cheklangan daromadli mijozlar, talabalar uchun, yoshlar uchun taklif etiladi
Visa Classic universal to’lov kartasi hisoblanib, butun dunyoning hamma bankomatlarida, real va virtual do’konlarida hamda telefon va pochta xizmati orqali mahsulotlarni xarid qilish do’konlarida foydalanish uchun qulaydir
Visa Gold eng nufuzli to’lov karta hisoblanib, boshqa xizmatlarga qo’shimcha ravishda Sizga dunyo bo’ylab sayohatga chiqqaningizda lozim bo’lgan hollarda tibbiy yordam va yuridik xizmatlari ko’rsatiladi
Visa Business yuridik shaxslar uchun mo'ljallangan bo'lib, karta orqali korporativ xarajatlar, xizmat safari xarajatlarini amalga oshirish va boshqarish uchun qulay hisiblanib, buxgalteriya amaliyotlarini soddalashtiradi.

 Tariflar

Bank kartalariga bilan amaliyotlarga tegishli hujjatlar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin: 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER