Agrobank.uz

Xalqaro bank operatsiyalari

Respublikamizning eng yirik va universal banklaridan biri –“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Sizlarga nafaqat milliy valyutadagi hisob-kitob va boshqa xizmatlarni amalga oshirishni, balki faoliyatingizni yanada kengaytirishingiz uchun xorijiy valyutadagi xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan bir qator bank xizmatlaridan foydalanishni taklif etadi!

Jumladan:

- Xorijiy hamkorlar va banklar bilan hisob-kitoblarni dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshirish;

- Barcha dokumentar operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan, akkreditivlarni ochish va ular bo’yicha hisob-kitoblarni yuritish, eksport akkreditivlarni qabul qilish va ularni benefitsiarga yetkazish, akkreditivlarni zarur hollarda tasdiqlab berish, akkreditiv bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish, eksport akkreditivlari bo’yicha qabul qilingan hujjatlarni tasdiqlovchi yoki xabar beruvchi banklarga yuborish, trattalarni qabul qilish, inkasso va dokumentar inkassolarni qabul qilish va ular to’g’risida xabar berish, ular bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish;

- Kafolat xatlarini berish, qabul qilish va ular to’g’risida xabar berish;

- Yuridik shaxslar uchun milliy valyutadagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va konvertatsiya qilish.

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER