Agrobank.uz

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit

Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik er-xotinlarning shaxsiy mehnati va ularga yordam beruvchi oila a’zolarining mehnatiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi maqsadlar uchun mikrokreditlar beriladi:

- chorva molini, yosh chorva mollarini, parranda, yem-xashak, aralash yemni, mineral o’g’itlarni, urug’lik va ko’chatlarni sotib olishga;

- qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun issiqxonalarni qurish va ta’mirlashga;

- hunarmandchilik faoliyatini tashkil qilish, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqarish uchun kichik jihozlarni, asboblarni, xomashyoni, materiallarni, yarim fabrikatlarni sotib olishga;

- xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa maqsadlarga.

Kredit nomi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
Kreditlash manbai Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi mablag’lari hamda bankning o’z mablag’lari hisobidan beriladi.
Kredit muddati va imtiyozli davr Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan muddatini uzaytirish huquqisiz 2 yilgacha muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan ajratiladi. Bankning o’z mablag’lari hisobidan loyihani qoplash muddatidan kelib chiqib 3 yilgacha muddatga ajratiladi.
Kredit miqdori va foizi Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan eng kam ish haqining 150 barobari miqdorida ajratiladi va Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 1/4 miqdorida foiz belgilanadi. Shuningdek, bankning o’z mablag’lari hisobidan o’z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi oilaviy tadbirkorlikka eng kam ish haqining 500 (besh yuz) baravari miqdoridan oshmaydigan, yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlikka eng kam ish haqining 1000 (ming) baravari miqdoridan oshmaydigan summada qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida mikrokreditlar ajratiladi. Olinadigan mikrokreditning 50 foizini chorva molini, parranda, urug’lik, ko’chatlar, aralash yem va oilaviy ishlab chiqarishni va maishiy xizmatlarni ko’rsatishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kichik jihozlarni, xomashyo va materiallarni, furniturani sotib olish uchun naqd pulda berilishi mumkin. Naqd pulda berilgan mikrokredit summasi qismini qaytarish va ular bo’yicha foizlarni to’lash majburiy tartibda naqd pulda amalga oshiriladi.
Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

- so’ralayotgan kredit summasini ko’rsatgan holda kredit olish uchun ariza;

- olinayotgan kreditdan foydalanish maqsadlari albatta ko’rsatiladigan biznes-reja;

- oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs maqomini olgan bo’lsa ta’sis hujjatlari hamda davlat soliq xizmatining mahalliy organi tasdiqlagan, oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti;

Kredit ta’minoti

- mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi;

- uchinchi shaxslar kafilligi;

- bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati;

- qarz oluvchining kreditni so’ndirmasligi xavfi sug’urtalangani to’g’risida sug’urta kompaniyasining sug’urta polisi;

 

To'liq matnni yuklab oling

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER