Agrobank.uz

Tomchilatib su'gorish ishlarini tashkil etishni moliyalashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi "Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4087 sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarining tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 103-sonli qarorlarga asosan “Agrobank” ATB ning 2019 yil 18-fevralda “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga tijorat kreditlari ajratish, ajratilgan kreditlar va hisoblangan foizlarni so‘ndirilishi to‘g‘risida” 13/2-sonli Boshqaruv Qarori qabul qilindi.

“Agrobank” ATB tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalariga paxta xom ashyosini yetishtirishga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun tijorat kreditlari ajratish tartibi.

Kredit maqsadi

Paxta xom ashyosini yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik korxonalarida tomchilatib sug‘orish ishlarini tashkil qilish uchun.

Kredit miqdori


Mijoz tomonidan taqdim etilgan biznes reja va tovar moddiy boyliklarning oldi-sotdi shartnomasi summasi miqdorida (1 gektar yer maydoni uchun 15-20 mln. so‘m atrofida).

Kredit muddati

3 yilgacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan ( mijoz tomonidan taqdim qilingan biznes rejaga asosan kreditni to‘liq qoplash davridan kelib chiqib 3 yildan ortiq muddatga ham berish mumkin).

Foizi

Bankning resurs qiymatidan kelib chiqib, mijoz bilan kelishilgan holda.

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

-ariza;

-qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;

-yuridik shaxslar uchun davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun taqdim qilgan tegishli buxgalteriya balansi (1-son shakl) va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl)

-kredit ta’minoti turlaridan biri.

Jamg‘arma kompensatsiya bo‘yicha taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar

VM huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sug‘orish tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasidan 1 gektarga 20 million so‘mdan oshmaydigan qismining10 foizli miqdorida qoplanadi.

Davlat byudjeti tomonidan beriladigan subsidiyalar

Davlat byudjeti mablag‘laridan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun paxta xomashyosi ekiladigan maydonning har 1 gektariga 8 million so‘m subsidiya taqdim etiladi.


Ishlab chiqaruvchi korxonalarga qo‘llanilayotgan imtiyozlar
 

Paxta xomashyosining mahalliy ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xomashyo 2021 yilning 1 yanvariga qadar ro‘yxatga muvofiq bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Byudjet mablag‘larini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish talabi paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha ishlar doirasida tuziladigan import shartnomalariga tadbiq etilmaydi

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER