Agrobank.uz

Depozitar seyflar

ATB "Agrobank" barcha xohlovchi jismoniy hamda yuridik shahslarga moddiy boyliklar, noyob buyumlar va hujjatlarni saqlash uchun yangi va qulay xizmat turi - «Bank depozit katakchalari»dan foydalanishni taklif etadi. Bank mijozlarining qimmatliklarini ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida, Shvetsiyaning «ROBUR SAFE AB» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan turli hajmdagi depozitar katakli seyflar o’rnatilgan.

Bank Sizga qimmatli buyumlaringizning ishonchli saqlanishiga hamda sir tutilishiga kafolat beradi. Depozitar kataklardan 1 oy foydalanish uchun uning hajmidan kelib chiqqan holda, quyidagi xizmat haqi o’rnatilgan:

Yuridik shaxslar uchun:

  • 55 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,2% foizi miqdorida
  • 88 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,4% foizi miqdorida
  • 198 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,5% foizi miqdorida
  • 308 x 320 x 490 mm - minimal ish haqi miqdorida

Jismoniy shaxslar uchun:

  • 55 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,1% foizi miqdorida
  • 88 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,2% foizi miqdorida
  • 198 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,3% foizi miqdorida
  • 308 x 320 x 490 mm - minimal ish haqining 0,5% foizi miqdorida

Depozitar kataklarini ijaraga olish shartlari:

Yuridik shaxslar tomonidan depozitar kataklarni ijaraga olishda bank boshqaruvchisi nomiga ariza yoziladi, ariza shu kunning o’zida ko’rib chiqiladi. Depozitar katakdan foydalanishga ruxsat berilgandan so’ng, bank va tashkilot o’rtasida shartnoma imzolanadi. Notarial idora yoki yuqori tashkilotda tasdiqlangan imzo va muhrlar namunalari kartochkasi rasmiylashtiriladi va tashkilot vakili tomonidan o’rnatilgan tarif asosida xizmat haqi to’lanadi. Keyinchalik depozitar katakchadan faqatgina imzolar namunalari rasmiylashtirilgan tashkilot vakillarigina foydalanishi mumkin. Jismoniy shaxs bilan faqatgina ariza va shartnoma rasmiylashtirilib, imzo namunasi kartochkasi talab qilinmaydi.

Mijoz o’z xohishiga ko’ra, notarial idorada tasdiqlangan ishonchnoma asosida ikkinchi shaxsga depozitar katakdan foydalanish huquqini berishi mumkin.

Bank o’z navbatida mijozga tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan shartlar bo’yicha depozitar katagidan to’siqsiz foydalanish sharoitlarini yaratib beradi hamda mavjud qonunchilik asosida bank sirini saqlaydi. To’liq ma’lumot uchun 150-85-19 yoki 150-53-69 telefonlaridan biriga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER