Agrobank.uz

Kredit mahsulotlari

Agrobank iqtisodiyotning agrosanoat sektori korxonalari va qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini moliyalashtirish va kreditlash bo’yicha kompleks xizmatlar, shuningdek qishloq tadbirkorlari va aholisiga keng ko’lamdagi sifatli bank xizmatlarini qulay sharoitlarda ilg’or tajribalarga tayangan holda ko’rsatadi.

- shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo’jaliklariga kredit ajratib kompleks tarzdagi bank xizmatlarini ko’rsatadi;

- qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, shu jumladan paxta va g’alla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish vasotishga ixtisoslashgan paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati korxonalariga kredit beradi hamda moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib boradi;

- yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga yo’naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshiradi, shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to’ldiradi;

- xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablag’lar hisobiga qayta moliyalashtiradi.

 

 

Kredit kalkulyatori

 

Agrobank quyidagi kredit turlarini taklif qiladi:

Tadbirkorlik subyektlari uchun "Online kredit"

Tadbirkorlik subyektlari uchun " Meva - sabzavotchilik" krediti

Tadbirkorlik subyektlari uchun "Revolver" krediti

"BERLINER SPARKASSE BRANCH OF LANDESBANK BERLIN AG" banki kredit liniyasi

Germaniyaning “LANDESBANK” BW kredit liniyasi

Germaniyaning "Commerzbank" AG kredit liniyasi

Germaniyaning “AKA” banki kredit liniyasi

Shveytsariyaning “CREDIT SUISSE” banki kredit liniyasi

Tomchilatib sug'orish ishlarini tashkil etish uchun kredit

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish

Jalb etilgan kredit liniyalari doirasida milliy hamda chet el valyutasida ajratiladigan kreditlar

Kichik biznes sub'yektlarini kreditlash

Savdo korxonalarini kreditlash

Qishloq xo’jalik korxonalarini kreditlash

Korporativ mijozlarni kreditlash

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit

Hunarmandchilik faoliyati sub'ektlariga imtiyozli mikrokreditlar

"Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish"ga ajratiladigan kreditlar 

"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi orqali moliyalashtirish

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish uchun kredit 

"Xotin - qizlarni qo'llab - quvvatlash" jamg'ramasi tomonidan kreditlash 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER