Agrobank.uz

To'lov kartalari

Siz Agrobank So’m plastik kartochkasi orqali:

- viloyat markazlarida va tumanlarda joylashgan filiallarda naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;

- plastik kartochka hisob raqamidagi mablag’ingizni istagan vaqtingizda ko’paytirish yoki plastik kartochkangiz hisob raqamidagi mablag’ni istagan vaqtingizda olishingiz mumkin;

- butun respublika bo’ylab o’rnatilgan bankomatlardan naqd pul olishingiz mumkin;

- Respublika miqyosidagi savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalariga o’rnatilgan terminallar orqali naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lasiz;

- maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, uyali aloqa kompaniyalarida xizmat haqini to’lash, tovarlar sotib olish, mehmonxona, avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxhobchalaridan va metrodan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz;

- Respublika bo’ylab joylashgan maxsus kassalarda terminallar orqali kommunal to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin;

- plastik kartochkangiz hisob raqamiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni belgilangan tartibda naqd pulsiz o’tkazishingiz mumkin.

 

Korporativ bank kartalari:

- uning foydalanuvchisi — yuridik shaxs tomonidan tayinlangan mas’ul xodimga karta hisobidagi pul vositalarini harakatga keltirish imkonini beradi

- karta xususan naqd bo’lmagan hisob-kitoblarni amalga oshirishga mo’ljallangan

- karta xizmat safarlari uchun xarajatlarni, xo’jalik uchun mayda ulgurji savdo mahsulotlari hamda ko’rsatilgan xizmatlarni qoplashga mo’ljallangan. Korporativ kartaga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, nafaqa, stipendiya va karta foydalanuvchiga ajratiladigan dividendlarni ko’chirishga yo’l qo’yilmaydi. Korporativ kartalar asosida naqd pullari ham berish mumkin emas

- Korporativ bank kartasi foydalanuvchisi — yuridik shaxs yoki uning mas’ul shaxsi bank-emitent bilan tuzilgan shartnoma asosida kartadan foydalanadi. Buholatda to’liq moddiy mas’uliyatni o’ziga olgan yuridik shaxs xodimi bank kartasi foydalanuvchisi bo’lishi zarur.

- Korporativ karta foydalanuvchisi karta hisobotini olgach 10 kun ichida yuridik shaxs buxgalteriyasiga kartada amalga oshirilgan xarajatlar hisobotini topshirishi zarur.

Xizmat safarlarida xarajatlarni korporativ bank kartasi bilan to’laganda, qonunchilikda belgilangan asosida qaytganidan so’ng ishlatilgan pul vositalar hisobotini berishi zarur.

Agar Siz bankka alohida yuridik shaxs sifatida karta olish uchun murojaat qilmoqchi bo’lsangiz, yoningizda o’zingizning va korxona direktorining pasporti nusxasi, tashkilot sertifikati yoki guvohnomasi hamda 20 yevro (to’lov kunidagi Markaziy Bank kursi bo’yicha) bo’lishi kerak. Karta yo’qolganida Markaziy Bank vaO’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi tomonidan o’rnatilgan tariflarga ko’ra 25 yevro (to’lov kunidagi Markaziy Bank kursi bo’yicha) jarima solinadi.
Sizga belgilangan ko’rinishdagi ariza va shartnomani to’ldirish uchun berishadi hamda korporativ karta uchun bankdagi mavjud tarif va xizmat ko’rsatish shartlari bilan tanishtirishadi.

VISA Business xalqaro kartalari

Siz VISA Card ni Agrobankda olishingiz hamda dunyo bo’ylab moliyaviy erkinligingizni, ijtimoiy farovonlik va ishonchli kelajagingizni qo’lga kiritishingiz mumkin! 

VISAning qo’shimcha xizmatlari haqida to’liq ma’lumotni rasmiy sayti www.visa.com dan olishingiz mumkin. 
Ushbu kartani ochish uchun Siz Agrobankning Sizga yaqin filialiga murojaat qilsangiz kifoya.

VISA Business Visa Business yuridik shaxslar uchun mo'ljallangan bo'lib, karta orqali korporativ xarajatlar, xizmat safari xarajatlarini amalga oshirish va boshqarish uchun qulay hisiblanib, buxgalteriya amaliyotlarini soddalashtiradi. 

Visa Business kartalari bo'yicha bank xizmati tariflari

Matnni yuklab oling

Qo'shimcha ma'lumotlarni yuklab oling:

Savdo ekvayringi

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER