Agrobank.uz

Yuridik shaxslarga

Ayni paytda universal bank maqomini olgan «Agrobank» ATB O‘zbekistonning eng yirik beshta banklari qatorida mamlakat xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi mijozlariga zamonaviy va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Agrobank fermer xo‘jaliklariga ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishi uchun bir qator xizmatlarni taklif etadi. Shuningdek, yerning meliorativ holatini yaxshilash, modernizatsiya qilish, agrosanoat kompleksini texnik va texnologik yangilash, xorijning zamonaviy texnika va uskunalarini jalb qilish maqsadida faol investitsiya siyosatini ham amalga oshiradi. Shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to‘ldirishni ko‘zda tutadi.

Bank xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiyalari va grantlarini jalb etib, respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin egallagan qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablag’lar hisobiga qayta moliyalashtirishni nazarda tutadi.

 

Yuridik shaxslarga YIDXP (yagona portal) orqali ko'rsatiladigan davlat xizmatlari: 

 - Murojaatlarni ko'rib chiqish;

 - Davlat organi rahbarlari qabuliga yozilish;

 - To'lov terminaliga ega bo'lish uchun online ariza yuborish.  

 

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER