Agrobank.uz

KREDIT LINIYALARI

GERMANIYANING LANDESBANK BW VA COMMERZBANK AG KREDIT LINIYALARI MABLAG’LARIDAN FOYDALANISH SHARTLARI

MOLIYALASHTIRISH MAQSADI:

Tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya loyihalari uchun Yevropa ittifoqi davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarini sotib olishni moliyalashtirish.

MOLIYALASH MIQDORI:

Import shartnoma summasining 85 foizigacha moliyalashtiriladi. Bunda xorijiy bank tomonidan ajratadiladigan kredit summasi Eksport kredit agentliklari orqali sug’urtalanib, ushbu xarajatlar (kredit summasining 10-11 foizigacha) kredit summasiga qo’shib hisoblanadi.

Ajratiladigan kredit summasining minimal miqdori – 2 000 000 YEVRO yoki AQSH dollari ekvivalentida.

Import shartnomaning 15 foizi tashabbuskor tomonidan moliyalashtiriladi.

IMPORT QILINADIGAN DAVLAT:

Texnik-texnologik uskunalar Yevropa davlatlaridan Eksport kredit agentliklari bilan kelishilgan holda import qilinadi.

FOIZ STAVKASI:

Suzuvchan: o'rtacha yiliga 6 oylik EURIBOR+3% marja ustamasi.

Foiz stavkasi miqdori loyiha xususiyatidan kelib chiqib Yevropa Eksport kredit agentliklari bilan kelishilgan holda alohida belgilanadi.

KREDIT MUDDATI:

Loyiha xususiyatlaridan kelib chiqib, Eksport kredit agentliklari tomonidan 5-10 yilgacha belgilanishi mumkin.

KOMISSION TO’LOVLAR:

Kreditni boshqarish uchun bir martalik to’lov -  kredit summasining     0,5 foiz miqdorida.

Kreditdan foydalanmaganlik uchun komission to’lov – yillik 0,5 foiz miqdorida jalb qilingan kreditning o’zlashtirilmagan qismiga hisoblanadi.

LOYIHADA TASHABBUSKOR ISHTIROKI:

Loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo’lmagan miqdorida.

GAROV TA’MINOTI:

Kredit summasining 120 foizidan kam bo’lmagan miqdordagi qonunchilikda taqiqlanmagan mol-mulk va boshqa qimmatli boyliklar, sug’urta polis/3-shaxs kafilligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat Jamg’armasining kafilligi.

TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:

  1. Ariza va ta’sis hujjatlari;
  2. Bizness reja/TIA;
  3. Import shartnoma loyihasi;
  4. Moliyaviy hisobotlar;
  5. Garov ta’minoti hujjatlari;
  6. Loyihaning ahamiyatidan kelib chiqqan holda boshqa tegishli hujjatlar.

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER