Agrobank.uz

Bankda karyera

“Agrobank” ATB Xorijiy banklar yoki moliyaviy institutlarda ish tajribaga ega bo'lgan malakali xodimlarni ishga taklif qiladi

1. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari Oliy ta'lim muassasalaridan birida (bakalavr, magistr) ma'lumotga ega bo'lishi lozim, (xorijiy oliy o'quv yurtlarida oliy ma'lumotga ega bo'lishi yoki etarli ko'nikmaga ega bo'lishi ma'qullanadi).

2. Chet el fuqarolari xorijiy oliy o'quv yurtlarida bank faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta'luqli bo'lgan yunalishlar bo'yicha oliy ma'lumotga (MBA va RnD unvoniga ega bo'lishi ma'qullanadi) ega bo'lishi zarur.

3. Bank tizimiga Axborot texnologiyalari yo'nalishida ishga olinayotgan mutaxassislar istisno sifatida, oliy ma'lumotga ega bo'lmasligi mumkin.

4. Nomzodlar chet el banklarida yoki moliyaviy institutlarda bank faoliyatiga bevosita yoki bilvosita bog'liq yo'nalishlar (investitsiya, axborot texnologiyalar, HR, marketing va boshqalar) bo'yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi lozim.

5. Halqaro xamjamiyatda halqaro reyting kompaniyalarining va milliy reyting kompaniyalarining yuqori reytinglariga ega bo'lgan banklar hamda moliya institutlarida top-menedjer lavozimlarda ishlagan xodimlar qolgan nomzodlarga ko'ra ustunlikka ega bo'ladi.

6. Bank faoliyatida foydalaniladigan halqaro kompaniyalarning axborot texnologiya dasturlarini sozlash va foydalanishni mukammal bilishi ustuvorlikka ega hisoblanadi.

7. Nomzodlarga qo'yiladigan shaxsiy talablar: - Bank-moliya yo'nalishidagi masalalarni chuqur bilish, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va uni taxlil qilish, holat bo'yicha o'z fikrini asoslash, shuningdek guruxda ishlash qobiliyatlariga ega bo'lishi;
- innovatsion g'oya, kreativ fikrlash, mavjud xolatni takomillashtirish va intilish bilan o'zgarishlar qila olish qobiliyati;
- o'tkir zexn, o'z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va qarorlarni tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo'lish;
- talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o'z vaqtida aniqlash va hal qilish;
- respublikadagi iqtisodiy holat va o'zgarishlarni hamda bank-moliya yo'nalishidagi masalalarni taxlil qilish va sharxlash, shuningdek Davlat tashkilotlari bilan o'zaro munosabatda ishlay olish;
- lavozimga mos boshqa talablar.

Oylik maoshi va boshqa rag'batlantiruvchi omillar:

8. Oylik maoshi cheklanmaydi, kelishuv va shartnomaga asosan belgilanadi;

9. Bank tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag'batlar.

Shu jumladan, Agrobank axborot texnologiyalari buyicha quyidagi mutaxassislarni ham ishga jalb etadi:
- Axborot texnologiyalari loyihalari buyicha IT-arxitektor
- Axborot texnologiyalari bo'yicha bosh loyixa menejeri
- Agile tizimi bo'yicha ishlovchi loyiha menejerlari
 

Rezyume va qo'shimcha ma'lumotlarni e-mail: headoffice@agrobank.uz, kadr@agrobank.uz
Tashkent sh., Mukumiy ko'chasi 43 uy. tel: +99871 202 8008 (11115); (78)- 150-91-11

Xorijiy davlatlarda yashovchi mutaxassislar bilan suxbat Skype orkali amalga oshirilishi mumkin.

 

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida ishlashning afzalliklari:

1. Respublika miqyosida sodir bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlarga aloqador bo’lish;

2. Qiziqarli ish, tashabbuskorlik va mustaqil faoliyat qo’llab quvvatlantiriladi;

3. Yuqori ijtimoiy maqom, ishdagi muqobillik, ertangi kun ishonchi;

4. Muntazam oylik maosh;

5. Xizmat pillapoyalari bo’yicha ko’tarilish uchun yaxshi imkoniyat, karyera bo’yicha o’sish;

6. Ta’lim, turli kurslarda o’qitish orqali kadrlar malakasini oshirish;

7. Ish sharoiti qulay, ish o’rni zarur zamonaviy asbob uskunalar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan;

8. Ish joyida xodimlararo munosabatning yaxshi ekanligi;

9. Yuqori darajadagi ijtimoiy himoya. Ijtimoiy paketga quyidagilar kiradi:

- Har oylik mukofot pullari;

- Mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo’yicha pul to’lanishi;

- Sog’likni tiklash maqsadida mehnat ta’tili davrida qo’shimcha vositalar ajratilishi;

- Bank tasarrufidagi “Kumushkon” dam olish oromgohida oila a’zolari bilan dam olishga borish;

- Xodimlarning farzandlarini bolalar dam olish oromgohlariga yo’llanmalar bilan ta’minlash;

- Sport bilan shug’ullanishga imkoniyat mavjudligi;

- Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini bozor narxidan past narxda xodimlarga taklif etilishi

 

Bo'sh ish o'rinlariga oid to'liq ma'lumot bu yerda

Rezyume yuborish uchun quyidagi havolaga o'ting:

 

 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER