Mijozlarga bank xizmatlaridan foydalanish qulayligi uchun Agrobank yangi Abrobank Mobile xizmatini taklif etadi
Agrobank Mobile – bu jismoniy shaxslar uchun internet tizimiga ulangan masofadan xizimat ko'rsatish bo'lib, mobil qurulmalarga (uyali telefon, planshet) o'rnatilgan dastur orqali istalgan joydan o'z hisobraqamlarini boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.
«AGROBANK MOBILE» ilovasi orqali quyidagi bank operatsiyalari amalga oshiriladi:
- hisobraqamlar holatini kuzatib borish va ularni to'ldirish;
- hisobraqamlar orqali mablag'larni ko'chirish ;
- bank kartasi qoldiqlari va uning aylanmalari bo'yicha ma'lumot berish;
- omonat qoldiqlari va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha ma’lumot olish;
- kreditlar qoldiqlari va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha ma’lumot olish;
- kreditlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- kommunal to‘lovlarni to‘lash;
- uyali aloqa va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- internet va raqamli televideniya xizmatlari uchun to‘lovlar;
- iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish;
- bankdagi yangiliklar va takliflarni kuzatib borish.
Mobil ilovaga “UzCard” tizimidagi boshqa tijorat banklari plastik kartalarini ulash imkoni mavjud.
Agrobank Mobile ilovasiga oid to'liq ma'lumot bu yerda.
Oxirgi yangilangan sana:

