Agrobank.uz

Ipoteka krediti

Kredit muddati – 20 yilgacha;

Kredit foizi – Toshkent shahrida yillik 21%, shaharlarda  yillik 19%, qishloq joylarda yillik 18% dan taklif etiladi;

Kredit to'lov usuli – annuitet usulida (teng miqdorlarda)

Qishloq joylarda - kvartira qiymatining kamida 10 foiz, shahar joylarda - kvartira qiymatining kamida 20 foiz miqdoridagi boshlangʼich badal mablagʼlari fuqarolar tomonidan shakllantirilishi shart.

 Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qoʼyiladi:

a) ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;

b) qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovlari, yaʼni qarz yuki koʼrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʼrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʼlmasligi

c) ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʼrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin

Talab etiladigan hujjatlar:

a) qarz oluvching (birgalikda qarz oluvching) pasporti asl nusxalari 

b) uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʼgʼrisida xabarnoma* (subsidiya oluvchilar uchun);

c) pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish boʼyicha shartnoma;

d) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda–ishlangan davr uchun) olgan daromadlari toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalari.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER