Yangiliklar
515
Yoshlar  mini-futbol musobaqasida faol ishtirok etdi

Yoshlar  mini-futbol musobaqasida faol ishtirok etdi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan bank xodimlari o‘rtasida ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. 

Xususan, joriy yilning 3-4 va 10 aprel kunlari bankning Bosh ofis tarkibiy tuzilmalar yosh xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqa ham amaldagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Mazkur musobaqalarda tarkibiy tuzilma yoshlaridan iborat 18 ta jamoa g‘oliblik uchun bahslashishdi.

Tadbir yakunida g‘olib va savrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.