Yangiliklar
242
“Yil tanlovi-2020”: Banklar e’tirof etildi

“Yil tanlovi-2020”: Banklar e’tirof etildi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA tomonidan 2020 yilning eng faol vazirlik, tashkilot, hokimlik va banklarni aniqlash bo‘yicha “Yil tanlovi-2020” e’lon qilingandi.

Ushbu tanlovda “2020 yilda OAV bilan eng faol ishlagan bank tizimi” nominasiyasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyati e’tirof etildi.

Albatta, bu mukofot zamirida bank jamoasining va ommaviy axborot vositalarining munosib xissasi bor. Aholi va mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarni ommaviy axborot vositalari vakillari keng yoritib kelmoqda.