Yangiliklar
633

Ishga mutaxassisni yollashning o‘zi yetarli emas, kelajakda mutaxassis o‘zini qanday ko‘rsata olishi, berilgan vazifani qay darajada bajara olishini baholash aynan kadrlar bilan ishlash xodimlarining zimmasidadir. 

“Agrobank” ATB xodimlar malakasini, bilimini oshirish bo‘yicha doimiy o‘quvlar, seminarlar, treninglar va videokonferensiyalar o‘tkazilib kelinadi. 

Navbatdagi o‘quv tadbirlari bankning Farg‘ona va Navoiy viloyati filiallari kadrlari ishtirokida o‘tkazildi. 

Tadbirda ishtirokchilar bank to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, xizmat ko‘rsatish standartlari, bankning korporativ madaniyati va  “Odob-ahloq” kodeksi bilan yaqindan tanishdilar.                                                                                                                                                                               

O‘quv jarayonida mehnat sohasiga oid asosiy qonunchilik hujjatlari va bu sohani tartibga soladigan boshqa huquqiy manbalar, kadrlar xizmatiga doir ro‘yxatga olish va hisobga olish hujjatlari, kadrlar xizmati faoliyatiga doir lokal hujjatlar: jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi, ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari va boshqa hujjatlar, xodimlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va boshqa mavzular bo‘yicha bilimlarini oshirdi. 

O‘quv jarayoni qizg‘in tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.