Yangiliklar
512

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi

“Agrobank” ATBning bosh ofisida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanga xizmat qilish muqaddas burch” shiori ostida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda bank xodimlari tosh ko‘tarish, darts, turnikda tortilish, o‘q otish (TIR) kabi sport turlarida bellashib o‘z mahoratlarni sinovdan o‘tkazdi.
 
Tadbir so‘ngida bank Boshqaruvi tomonidan g‘oliblarga tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.