E'lonlar
1171

“Agrobank” ATBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhiddin Rahmanqulovich Temirovga shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur yordamlarga qaramasdan 41 yoshida vafot etdi.

Shifokorlar tomonidan bemorga to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralar samara bermagan hamda joriy yilning 5 - sentyab kuni M.Temirovda o‘tkir nafas yetishmovchiligi oqibatida  o‘lim qayd etilgan.

Muhiddin Temirov bank tizimida samarali faoliyati tufayli yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘ldi. U iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va bank rahbariyatining soha rivojidagi sa’y harakatlarni doimiy qo‘llab quvvatlab  bor bilim va tajribasini shu yo‘lda safarbar etdi.

Muhiddin Temirov chin insoniylik fazilatlari bilan bank xodimlariga namuna, ko‘plab shogirdlarga mehribon ustoz bo‘lib, o‘zidan munosib nom qoldirdi.

“Agrobank” jamoasi fidoiy va jonkuyar xodimi, mehribon ota, g‘amxo‘r farzand, sadoqatli do‘st Muhiddin Rahmanqulovich Temirovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.