Agrobank.uz

Agrobank dastlabki sinditsiyalashtirilgan kredit jalb etdi

10.12.2019
 Agrobank dastlabki sinditsiyalashtirilgan kredit jalb etdi

Mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu orqali investitson loyihalarni moliyalashtirishga katta e’tibor berilmoqda.
Bu yo‘lda “Agrobank” ATB ham xorijiy moliya institutlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

Samarali muloqatlar natijasida “Agrobank” ATB xalqaro bozordan 60 million yevro va 13,5 million AQSh dollari miqdorida dastlabki sinditsiyalashtirilgan kredit jalb etdi. Mazkur kredit mablag‘lari umumiy korporativ maqsadlar va Agrobank mijozlarining savdo shartnomalarini moliyalashtirish uchun taqdim etiladi.

Bunda Rossiya Federatsiyasining Transkapitalbank va Promsvyazbank bitimning vakolatli yetakchi tashkilotchilari hisoblanadi.

Transkapitalbank va Promsvyazbank bilan bir qatorda, shartnomada Uralsib bank, “AltynBank” (“China CITIC Bank Corporation Limited”ning sho‘ba banki), Novikombank, Umumrossiya mintaqaviy rivojlanish banki, Belarusbank (Belarus), Ozarbayjon Xalqaro banki (Ozarbayjon Respublikasi), AK BARS, Sentrkreditbank, Djey end Ti Bank va VUZ-Banklar ham ishtirok etdi.

Bu “Agrobank” ATB uchun Rossiya qonunlari bo‘yicha tashkil etilgan dastlabki sinditsiyalashtirilgan kreditdir.

Keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi tufayli O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘sish drayveriga aylandi. Xorijiy investorlar, jumladan, Jahon banki, YeTTB, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar mintaqaga katta qiziqish bildirmoqda.

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar