Yangiliklar
400

Sportning ommaviyligi oshirilmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi yuzasidan mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan.

“Agrobank” ATB tomonidan ham xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Sport musobaqalarining ommaviyligini oshirish maqsadida Agrobank va O‘ztelekom xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. 

Ikkala jamoaning uchrashuvi qizg‘in bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.