Yangiliklar
1341
Sport - sog‘liq garovi

Sport - sog‘liq garovi

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini asrash, sog‘lom turmush darajasi va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Bu esa korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish tadbirlar orqali salomatliklarini asrash, turli kasb kasalliklarining oldini olish va sport bilan doimiy shug‘ullanishlariga zamin bo‘lmoqda.

"Agrobank" ATB tomonidan ham soha xodimlarining sog‘ligini mustahkamlash, ularda tibbiy madaniyatni shakllantirish maqsadida “Badminton” sport turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Xodimlar sport tadbirlarida faol ishtirok etish orqali o‘z salomatliklarini asrashga erishib bormoqda.