Yangiliklar
543
Shaxmat-shashka sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Shaxmat-shashka sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Shaxmat sport turi bejizga aql gimnastikasi deya e’tirof etilmaydi. Bu sport turi inson salomatligida o‘rni va roli yuqori ekanligi tibbiyotda ma’lum.

Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va aholining sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish borasida sezilarli ishlar olib borilayotganligi hech kimga sir emas.

“Agrobank” ATB Bosh ofis binosida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Budan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning mazmunli va maroqli dam olishlari, salomatliklarni asrashlari yo‘lida ana shunday sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Musobaqa yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.