Yangiliklar
3148
Salomatlik – ulkan boylik

Salomatlik – ulkan boylik

Bundan bir necha asr muqaddam Buyuk alloma, tibbiyot sohasining ma’lumu mashhur olimi Abu Ali ibn Sino uzoq umr ko‘rishning asosiy omili to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik ekanligini aytib o‘tgan. 

Bugungi kunda ham inson salomatligini bosh omili uning to‘g‘ri ovqatlanishi va jismoniy hayot tarziga bog‘liq ekanligini ilmiy asosda olimlar tomonidan tasdiqlamoqda. 

Shunday ekan, inson ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lsagina ishida unum, hayotida mazmun va albatta, kun davomida tetik holatda aniq maqsad sari dadil odimlaydi. 

“Agrobank” ATB Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi farmoni va 2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyati va ushbu qonun hujjatlarning ijrosida yuzasidan “Salomatlik – ulkan boylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Muloqotda ish sifatni oshirish va mehnat unumdorligini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda xodimlar o‘rtasida doimiy tarzda turli sport musobaqalarini o‘tkazilayotganligi, ularning salomatliklarini asrash va muntazam ravishda sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlariga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amaliy ishlar olib borlayotganligi hamda kelgusidagi sa’y-harakatlar xususida  so‘z bordi.

Tadbirda bankning rahbar va xodimlari ishtirok etdi.