Agrobank.uz

“Agrobank” ATB Ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralarga oydinlik kiritadi

28.05.2019

“Agrobank” ATB so‘nggi kunlarda ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq holat bo‘yicha bildirilgan fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. 
Joriy yilning 13 may kuni bankning Samarqand viloyati boshqarmasi Hududiy filiali binosida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro tomonidan 20 (yigirma) AQSh dollari ayirboshlash maqsadida taqdim etilgan. Ushbu xorijiy valyuta shikastlanganligi sababli bank xodimi tomonidan shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan muomalaga yaroqli banknotalar almashtirib berish, bank tariflariga asosan 5 foiz miqdorida etib belgilanganligi haqida ma’lumot berilgan. Mijoz ushbu badalni to‘lashdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, bankda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/9-son qaroridagi “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi asosida amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomning 9-bob 57-punktida, ya’ni “Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek ularni keyinchalik boshqa operatsiyalar bo‘yicha mijozlarga berish taqiqlanadi va bunday turdagi operatsiyalar amalga oshirilganda vositachilik haqlari undirilishi mumkin” deya belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirilishida shu kabi tushunmavchilik va e’tirozlarning oldini olish maqsadida (71) 202-80-08 (ichki raqamlar: 11195, 11196) telefoni orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Zero, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bizning bosh maqsadimizdir.

 


“Agrobank” ATB Matbuot xizmati
 

Если увидели ошибку выделите данный текст и нажмите CRTL+ENTER
Hamma yangiliklar