Yangiliklar
647

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bankning Yangiyo‘l filialidan oyligimizni ololmayapmiz mazmundagi murojaat mazkur tumandagi SES xodimi tomonidan yo‘llangan.

Ushbu murojaatchi oylik ish haqqini naqd pul ko‘rinishida kassadan olmoqchi bo‘lgan. Bank filiali mas’ul xodimi plastik karta orqali naqd pulni bankomat orqali yechib olish bo‘yicha tushuntirish bergan va murojaatchining masalasi ijobiy hal etilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan berilgan 5 kun dam olish vaqtida ham bankning joylardagi bankomatlari uzluksiz ishlab, naqd pul bilan doimiy ta’minlab borilgan.