Yangiliklar
507
Paxta-to‘qimachilik klasteriga press tur uyushtirildi

Paxta-to‘qimachilik klasteriga press tur uyushtirildi 

Paxta-to‘qimachilik sanoatini jadal harakatga keltirgan bu mexanizm hududlar iqtisodiyotida ham o‘z samarasini ko‘rsatib ulgurdi.
Mamlakatimizda paxta-to‘qimachilik sohasida shu davrgacha 122 ta klaster tashkil etilgan bo‘lib, ularning 70 tasi “Agrobank” ATB moliyaviy ko‘magida ish boshladi. 

Unga ko‘ra, korxonalarga paxta hosilini yetishtirish qiymatining 60 foizigacha miqdorida 3 771,0 mlrd so‘mlik kredit ajratilgan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bank tomonidan “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatining rivojlanishida “Agrobank” ATBning ishtiroki” mavzusida Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Unda OAV vakillari “Sayyora favvorasi plyus” paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati, yarim tayyor mahsulotlar, mavjud  ish o‘rinlari  va ishlab chiqarish jarayonida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bo‘ston tumanida joylashgan paxta tozalash maskani bo‘lgan jurnalist hamda blogerlar zavodda xomashyoni qabul qilish, qayta ishlash va toza paxtani qadoqlash uskunalarining ish jarayonini ko‘zdan kechirdilar.

Yangi texnologiyalar va amaldagi ishlab chiqarish tizimlarining afzalliklari o‘zaro suhbatlarning bosh mavzusiga aylandi. 

Mazkur korxona faoliyatini moliyaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida bank tomonidan 7 mln 777,5 ming Yevro miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 10 800 ming AQSH dollariga teng bo‘lib, yiliga 3600 tonna ip-kalava ishlab chiqaradi. Ayni damda paxtani to‘liq qayta ishlash orqali kalava ip ishlab chiqarmoqda. Korxona yaqinda ish faoliyatini boshlagan bo‘lsada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar Xitoy xalq respublikasiga eksport qilinmoqda. 

Yaqin yaqingacha birorta ishlab chiqarish korxonasi mavjud bo‘lmagan Bo‘ston tumanida endi yangi tashabbuslar, istiqbolli investision loyihalar amalga oshirilyapti. Imkoniyat va imtiyozlar bunga yo‘l ochayotgani rost. 

Press tur ishtirokchilari “Agrobank” ATB Shaxrixon filialida ham bo‘ldilar.

Tizimli tashkil etilgan ish jarayonlari, mijozlarga yaratilgan sharoitlar, tadbirkor yoki investorlar bilan muzokaralar xonasi – yaratilgan sharoitlarning bari yangi loyihalarning safi ortishi, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.   

Press-tur davomida   “Agrobank” jamoasining yurtimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini yanada taraqqiy ettirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, paxta-to‘qimachilik faoliyatining rivojlanishidagi munosib ishtiroki yaqqol namoyon bo‘ldi.