Yangiliklar
339
O‘quvlar davom etmoqda

O‘quvlar davom etmoqda                                                                                                

Xodimlarning malakasi, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadida bank O‘quv markazi tomonidan doimiy tarzda o‘quvlar tashkil etilmoqda.

Tashkil etilayotgan treninglar, malaka oshirish kurslari sohani transformasiya jarayonida qo‘l kelmoqda.

Joriy haftada ham belgilangan o‘quv rejasiga asosan bankning Andijon, Xorazm viloyat boshqarma va filiallarning xodimlar bilan ishlash menejerlari ishtirokida o‘tkazildi.

Qizg‘in baxs-munozaralarga boy tarzda kechgan o‘quv jarayoni yakunida malaka oshirish kurslari ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmasini tekshirish maqsadida test sinovi o‘tkazildi.

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga amaliy qo‘llanmalar va malaka oshirganlik haqidagi sertifikat topshirildi.